Expand Your English: O'zbekcha 4+

FOLIE

专为 iPad 设计

    • 免费

简介

Inglizcha–o'zbekcha tanlangan so'zlarning ingliz va o'zbek tillaridagi izohli lug'ati

“Ingliz tilingizni mukammallashtiring” ilovasi o'zbek talabalariga ingliz tilining Amerika shevasidagi doimiy so'zlar va iboralarni chuqurroq tushuna olishlariga yordam berish maqsadida beshta kitobcha shaklida tuzilgan. Har bir kitobcha ko'p ishlatiladigan so'zlarni o'z ichiga olgan bo'lib, bu so'zlar ishlatilish mavzusi bo'yicha guruhlarga bo'lingan. Masalan, “Tana aʼzolari va tanaga oid hodisalar” mavzusi tanaga aloqador so'zlarning guruhidir. Har bir bosh so'zdan keyin, shu so'zning Amerikacha inglizcha so'zlovchilar ishlatishi mumkin bo'lgan hamma maʼnolaridan namunalar berilgan. “Tana aʼzolari va tanaga oid hodisalar” kitobchasida faqatgina 64ta bosh so'z bor, xolos, lekin umumiy qo'shimcha maʼnolar 792ta, iboralar bilan idiomalar 408ta. Umuman, beshala kitobcha 684ta bosh so'zni, 1507ta ibora va idiomalarni va 4583ta maʼnolarini o'z ichiga olgan.

Bu kitobchalar to'plami ingliz tilida ko'p ishlatiladigan so'zlarni o'zbeklar chuqurroq tushuna olishlariga yordam bera oladigan asbob bo'lib xizmat qiladi. Bu so'zlar ingliz tilida kengaytirilgan maʼnolarda ishlatiladi va tez-tez idiomatik iboralarda uchrab turadigan, odatdagi va doimiy so'zlardir. “Ingliz tilingizni mukammallashtiring” kitobchalar to'plami — tilni o'rgatadigan asbob bo'lib, bu odatdagi lug'atdan keskin farq qiladi. Foydalanuvchilar ko'pincha tarjima muqobillari yoki o'zbekcha so'zlar berilmaganligini sezishlari mumkin. Ammo har bir ibora yoki gapda so'zlarning aniq maʼnolari keltirilgan. Bu maʼnolar ingliz tilida yozilgan va o'zbekchaga ham tarjima qilingan.

Maʼnolardan keyin esa ingliz tilining Amerika shevasida ishlatiladigan so'z yoki iborani tasvirlovchi gaplar namunalari berilgan. Bu ham o'rganuvchilarga ingliz tilidagi so'zlar va iboralarning maʼnolarini chuqurroq bilishlariga, ularga so'z boyligini ko'paytirishlariga, har bir so'z va iboralarning aniq maʼnolarini o'zlashtirishiga yordam beradi.
Umid qilamizki, bu kitobchalar siz uchun ingliz tilini o'rgatuvchi asbob vazifasini (o'rganish jarayonida) bajaradi va undan foydalanish orqali siz ingliz tilingizni chuqurlashtirib olasiz.

Foydalanilgan asosiy manba:
WordNet: a lexical database for the English language, version 1.5. Princeton University, 1995.

Foydalanilgan boshga manbalar:
British National Corpus Sampler, release 1.1. Oxford University, 1999.
Collins Cobuild English Dictionary, John Sinclair, editor in chief. Harper Collins Publishers, London, 1995.
Longman Dictionary of Contemporary English, Adam Gadspy, editorial director. Longman Group Ltd., Essex, 1995.
The American Heritage Dictionary, Margery S. Berube, director of editorial operations. Del Publishing, New York, 1989.
Webster’s New World Compact School and Office Dictionary, Victoria Neufeldt, editor in chief. Macmillan, New York, 1989.

App 隐私

开发者“FOLIE”已表明该 App 的隐私规范可能包括了下述的数据处理方式。有关更多信息,请参阅开发者隐私政策

未收集数据

开发者不会从此 App 中收集任何数据。

隐私处理规范可能基于你使用的功能或你的年龄等因素而有所不同。了解更多

更多来自此开发人员的 App

Turkmen-English Dictionary
教育
Balochi-English Dictionary
参考资料
Kalderasch Kinderbibel
教育
Mo'jizaviy kitob
教育
Bibel in Sinti-Romanes
图书
Markus-Evangelium - Kalderasch
教育

你可能也会喜欢

Onset: Language learning
教育
PROTestim
教育
Avto Test
教育
INTER NATION STUDENT
教育
7 words
教育
Speak Out - English Speaking
教育