Uzbekistan’s Club 4+

United IT Company LLC

专为 iPhone 设计

    • 免费

iPhone 截屏

简介

Kreativ sanoat, media, ta'lim kabi sohalarda bir necha yildan beri ishlab, tajriba orttirgan yosh va progressiv jamoa 2021- yildan beri Uzbekistan's club loyihasini amalga oshirib kelmoqda.
Katta salohiyat va iste'dodga ega minglab o'zbekistonliklar bugun dunyo bo'ylab katta kompaniyalar, nufuzli tashkilot va ta'lim dargohlarida muvaffaqiyatli karyera qilyapti, yana yuzlab hamyurtlarimiz chet mamlakatlarida o'z serdaromad bizneslarini boshlagan. Aholimiz o'sishi hamda O'zbekistonda xususiy ta'limning rivojlanishi, yoshlarning o'z ustida ishlashga bo'lgan intilishlari oshib borishi natijasida bu trend davomiy bo'ladi.
Mana shunday noyob tarixiy imkoniyat – demografik dividendimizdan unumli foydalanish maqsadida biz:
– Foydalanib turganingiz uzbekistans.club platformasini ishga tushirdik, muvaffaqiyatli vatandoshlarga onlayn tarzda rezident bo'lish imkoniyatini yaratdik;
– "O'zbekistonlik" nomli ilhombaxsh hujjatli filmlarining bir nechta epizodini omma e'tiboriga havola qildik;
– Milliy taomlarimizni tayyorlash va qiziqarli suhbatlarni o'z ichiga olgan kulinariya shousini tayyorladik;
– Jahon hamjamiyatining e'tiborini, xususan, o'zbekistonliklar orqali Orolbo'yi mintaqasi muammolariga qaratishni ko'zlagan Aral Dream loyihasiga start berdik;
– O'zbekistonni rivojlantirish uchun g'oyalarni ishlab chiqish va vatandoshlar orasida netvorkingni kuchaytirishga xizmat qiladigan xalqaro forumlariga asos soldik;
– Jurnalist, bloger va fikr yetakchilari uchun klubda media rezidentlik imkoniyatini yaratdik.
Ammo yuqoridagilar uzoq muddatli loyihalarning boshlanishi xolos. Ko'plab qiziqarli media tashabbuslar va iventlar, O'zbekistonning inson kapitalini oshirishga qaratilgan ishlarni siz kabi vatandoshlar bilan birgalikda, bamaslahat amalga oshirishga ochiqmiz. Xorij mamlakatida muvaffaqiyatli karyera qilgan yoki o'z biznesini boshlagan o'zbekistonliklarni klubimizga rezident sifatida qo'shilishlarini so'raymiz. Uzbekistan's club orqali xalqqa o'z qahramonlarini tanitish, dunyoning turli nuqtalaridagi vatandoshlarni bir-biri bilan bog'lash – bizning birlamchi vazifamizdir.

新内容

版本 1.0.17

- UI and Performance optimization;
- Other minor changes;

App 隐私

开发者“United IT Company LLC”已表明该 App 的隐私规范可能包括了下述的数据处理方式。有关更多信息,请参阅开发者隐私政策

未收集数据

开发者不会从此 App 中收集任何数据。

隐私处理规范可能基于你使用的功能或你的年龄等因素而有所不同。了解更多

更多来自此开发人员的 App

K WATT
导航
BNPZ Charger
导航
Uzlife insurance
财务
Obod Hudud
生活
Saylov – 2023
教育
Go‘zal ismlar
图书

你可能也会喜欢

Ijtimoiy so’rov
社交
Olove
社交
I ate it.
社交
Umma Life
社交
Meeet - Meet new friends
社交
Safia
社交