Muqaddas Kitob
o‘zbek tilidagi tarjima
Free · Designed for iPad. Not verified for macOS.
Muqaddas Kitob
Zamonaviy o‘zbek tilidagi tarjima, izohlar va qo‘shimcha ma’lumotlar ilova qilingan
Mazkur ilova o‘zbek tilidagi Muqaddas Kitobning, ya’ni Bibliyaning kirill va lotin yozuvidagi variantlaridan iborat. Kitobxon o‘ziga qulay bo‘lgan yozuvdagi matnni tanlashi mumkin. Shuningdek, u bir vaqtning o‘zida ham kirill, ham lotin yozuvidagi matnni ochib o‘qish imkoniyatiga ega.
Muqaddas Kitobning boshqa elektron formatlari:
http://www.ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob aslida ibroniy, oramiy va yunon tillarida yozilgan va o‘zbek tiliga o‘sha tillardan tarjima qilingan. Mazkur tarjimaga har bir kitobga kirish, sarlavhalar, izohlar, lug‘at, rasmlar, jadvallar va xaritalar ilova qilingan. Muqaddas Kitobning tarjima jarayoni, uni chuqur o‘rganish uchun berilgan ushbu manbalar bilan, shuningdek, u haqda yana boshqa ma’lumotlar bilan tanishishni istasangiz, mazkur ilovaga kiritilgan “So‘zboshi” va “Muqaddas Kitobga kirish” qismlariga murojaat eting.
Quyidagi ma’lumot 2016 yilda nashr qilingan “Muqaddas Kitob”ning “So‘zboshi”dan olingan:
Mazkur Kitob ikki ming yildan oshiq davr mobaynida muqaddas deb e’tirof etilgan bitiklarning o‘zbek tiliga qilingan birinchi to‘liq tarjimasidir. Muqaddas Kitob Eski va Yangi Ahd bitiklaridan iborat. Bular tarkibida o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo‘lgan Tavrot, Zabur, Injil, shuningdek Payg‘ambarlar bitiklari bor.
1992 yili Yangi Ahd kitoblari o‘zbek tilida “Injil” nomi ostida ilk bor to‘liq holda chop etilgan edi. Injil kitobining ilk tarjima matni chop etilgandan keyin ham jiddiy tahrir qilindi va mazkur nashrga kiritildi. Ushbu tarjima ustida mutaxassislar yigirma yildan ko‘proq mehnat qildilar. Nihoyat, Muqaddas Kitob to‘liq holda O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida chop etildi.
Muqaddas Kitobda bayon qilingan aksariyat voqealar g‘arbiy Osiyoda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa–da, undagi bebaho hikmatlar dunyo bo‘ylab yoyilib, ko‘plab xalqlar madaniyatini yanada boyitdi. Insoniyat tarixida Muqaddas Kitobdan ko‘ra ko‘p tarjima qilingan kitob yo‘q. Muqaddas Kitob jahon madaniyatining klassik merosi hisoblanadi.
Butun jahonda adabiyotning yuksak namunasi sifatida qadrlanadigan mazkur Kitob Xudoning insoniyat bilan bo‘lgan munosabati tarixi haqida so‘z yuritadi. Shu bois Kitob asrlar davomida odamlarga Yaratuvchi bilan hamda bir–birlari bilan yarashish yo‘lini ko‘rsatib kelmoqda.
Tarjimonlar guruhi mazkur Kitobga jiddiy ilmiy ish sifatida yondashganlar. Ular Kitob tarjimasi yuzasidan chuqur tadqiqotlar olib borib, o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni nihoyatda diqqat–e’tibor bilan bajarganlar. Buni nafaqat matnning o‘zidan, balki kitobxonning bilimini oshirish uchun kitobga ilova qilingan qo‘shimcha ma’lumotlardan ham ko‘rishingiz mumkin. Shu bilan birga, tarjima uslubiga ham katta e’tibor berilgan, matn zamonaviy kitobxonlarimizga tushunarli bo‘lishi uchun tabiiy va sodda tilda tarjima qilingan.
Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Xudo har bir odamni O‘ziga chorlaydi, Xushxabarning mag‘zi ham asosan ana shundan iborat. Iso Masih yer yuziga kelib, xochdagi o‘limi va o‘likdan tirilishi orqali bizga Xudo bilan yarashish imkonini berdi. Xudoning mangu sevgisi Iso orqali osmondan zaminga tushib keldi. Iso Xudoning fe’l–atvorini insoniy madaniyat va til orqali bizga namoyon qildi. Shuning uchun biz Xudoning qanday fe’l–atvorga ega ekanini bila olamiz. Umid qilamizki, Muqaddas Kitobning mazkur tarjimasi ko‘plab kitobxonlarimizni Xushxabar orqali Xudo bilan yarashtiradi.
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016
ibt_inform@ibt.org.ru
more Eski Ahdning bitta kitobiga matnni yoritib borish funksiyasi qo'shilgan (ushbu funksiya “Faqat ovoz” audio versiyasi uchun qo'llanilgan).
3.3 19/12/2025
Eski Ahdning beshta kitobiga matnni yoritib borish funksiyasi qo'shilgan (ushbu funksiya “Faqat ovoz” audio versiyasi uchun qo'llanilgan).
Bundan tashqari, yuklab olish menejeri ham qo'shilgan. Bu funksiya yordamida siz bir vaqtning o'zida bir nechta audio bobni yuklab olishingiz yoki ularni qurilmangizdan o'chirib tashlashingiz mumkin.
3.2 27/08/2025
Eski Ahdning o'n ikkita kitobiga matnni yoritib borish funksiyasi qo'shilgan (ushbu funksiya “Faqat ovoz” audio versiyasi uchun qo'llanilgan).
Matnning yoritib borilishi bilan bog'liq muammo bartaraf qilindi.
Phrase highlighting has been added for twelve more Old Testament books (“Voice only” audio version).
A problem that was occurring in the phrase highlighting feature has been fixed.
3.1.1 05/03/2024
Endi ilovamiz aktyorlar tomonidan o‘qilgan yangi audio versiyasi bilan boyitilgan. Siz boblarning audiosini yuklab olishingiz yoki ularni oqimlab eshitishingiz mumkin.
Audioni eshitganingizda o‘qilayotgan matn yoritib boriladi. Bu funksiya sizga o‘qilayotgan matnni kuzatib borishingizga imkon yaratadi. Shuningdek zaxiralashni, takrorlash va oldinga tezlashtirish kabi funksiyalarni osonlashtiradi. O‘qilayotgan matnning yoritilishi funksiyasi hozircha ayrim kitoblarda mavjud emas, lekin kelajakda bu funksiya qolgan kitoblarga ham qo‘shiladi.
3.0.1 20/10/2023
Endi ilovamiz aktyorlar tomonidan o‘qilgan yangi audio versiyasi bilan boyitilgan. Siz boblarning audiosini yuklab olishingiz yoki ularni oqimlab eshitishingiz mumkin.
Audioni eshitganingizda o‘qilayotgan matn yoritib boriladi. Bu funksiya sizga o‘qilayotgan matnni kuzatib borishingizga imkon yaratadi. Shuningdek zaxiralashni, takrorlash va oldinga tezlashtirish kabi funksiyalarni osonlashtiradi. O‘qilayotgan matnning yoritilishi funksiyasi hozircha ayrim kitoblarda mavjud emas, lekin kelajakda bu funksiya qolgan kitoblarga ham qo‘shiladi.
3.0 27/09/2023
Baʼzi kichik xatolar tuzatilgan.
2.6 05/07/2022
•Xudoga bo‘lgan imoningizda o‘sishingiz uchun ilovaga quyidagi manbalar qo‘shildi:
TO‘G‘RI YO‘L NIMA?
Bu muhim savolga Xudo qanday javob bergani Muqaddas bitiklarda ayon qilingan. Mazkur bo‘limda mana shu mavzu haqidagi oyatlardan chiqarilgan xulosalar keltirilgan. Oyatlardagi ruhiy haqiqatni o‘qib, ular borasida mulohaza qiling.
TO‘G‘RI YO‘LDAN YURISHDA YORDAM BERADIGAN OYATLAR RO‘YXATI
Ushbu qismda yuzga yaqin mavzuni o‘z ichiga olgan, hayotimiz uchun zarur, haqiqatni ko‘rsatadigan oyatlar bor. Bu oyatlar Muqaddas Kitobdagi donolik ummonining bir tomchisi, xolos. Ular beshta asosiy mavzu ostida berilgan. Ushbu ro‘yxatdagi oyatlar sizga Muqaddas bitiklarda muhim hayotiy mavzular haqida nimalar deyilganini ko‘rsatadi.
MASIHIYLAR JAMOATINING O‘RTA OSIYODAGI QADIMIY TARIXI
Yangi Ahdning Havoriylar faoliyati kitobida Iso Masih haqidagi Xushxabar qay tarzda Rim imperiyasi, yaʼni g‘arb tomonga yoyilgani bayon etilgan. Keyinroq yozilgan tarixiy qo‘lyozmalar va arxeologik topilmalardan maʼlum bo‘lishicha, Iso Masih haqidagi Xushxabar sharq tomonga, O‘rta Osiyoga ham yetib borgan. Bu maqolada qadimiy O‘rta Osiyodagi Iso Masihning ergashuvchilari haqidagi maʼlumotlarning xulosasi bayon qilingan.
•Baʼzi oyatlarning tarjimasi mukammallashtirilgan.
•Baʼzi tipografik, orfografik va formatlash xatolari tuzatilgan.
2.5 13/05/2020
Ba'zi tipografik, orfografik va formatlash xatolari tuzatilgan.
2.4 09/11/2018
• Endi izohlar, kirishlar va o'xshash parchalar jadvallaridagi Muqaddas Kitob oyatlariga tegishli har bir manzilning ko'prigi bor. Manzilga tegilganda o'sha parcha kichkina oynada ko'rsatiladi.
• Endi lug'at so'zlari va iboralariga tegishli har bir manzilning ko'prigi bor. Ko'prikka tegilganda lug'atdagi o'sha so'z yoki iborani tushuntirovchi yozuv kichkina oynada ko'rsatiladi.
• Endi asosiy menuda “tarix” funksiyasi mavjud. Bu funksiyadan foydalanib, bemalol oldin o'qigan parchalarga qaytishingiz mumkin.
• Sozlash menusiga yangi, ilova ishlayotgan paytda ekran yoniq qolishini buyuradigan funksiya kiritildi.
2.3 17/05/2018
• Endi izohlar, kirishlar va o'xshash parchalar jadvallaridagi Muqaddas Kitob oyatlariga tegishli har bir manzilning ko'prigi bor. Manzilga tegilganda o'sha parcha kichkina oynada ko'rsatiladi.
• Endi asosiy menuda “tarix” funksiyasi mavjud. Bu funksiyadan foydalanib, bemalol oldin o'qigan parchalarga qaytishingiz mumkin.
• Sozlash menusiga yangi, ilova ishlayotgan paytda ekran yoniq qolishini buyuradigan funksiya kiritildi.
2.2 19/04/2018
• Endi izohlar, kirishlar va o'xshash parchalar jadvallaridagi Muqaddas Kitob oyatlariga tegishli har bir manzilning ko'prigi bor. Manzilga tegilganda o'sha parcha kichkina oynada ko'rsatiladi.
• Endi asosiy menuda “tarix” funksiyasi mavjud. Bu funksiyadan foydalanib, bemalol oldin o'qigan parchalarga qaytishingiz mumkin.
• Sozlash menusiga yangi, ilova ishlayotgan paytda ekran yoniq qolishini buyuradigan funksiya kiritildi.
2.1 11/04/2018
Bitta yoki bir nechta oyatni tanlash uchun matnni bosing. So‘ng asboblar panelidan foydalangan holda quyidagilarni qilishingiz mumkin:
• Matnni rang bilan yoritish
• Shaxsiy eslatmani qo‘shish
• Xatcho‘pni qo‘shish
• Nusxa ko‘chirish
• Boshqalarga yuborish
Endi bob tanlash oynasidan tashqari, siz oyat tanlash oynasidan ham ixtiyoriy ravishda foydalanishingiz mumkin.
Foydalanuvchi interfeysining quyidagi tildan birini tanlashingiz mumkin: o‘zbekcha, ruscha, inglizcha.
2.0 18/01/2018
Quyidagi texnik o‘zgarishlar kiritilgan: xaritalar va rasmlardagi nomlar va terminlar ekranda aniqroq ko‘rinishi uchun endi xaritalar va rasmlarni ekranda kattaroq qilsa bo‘ladi.
1.0.7 16/11/2017
Hozirda siz matnni lotin yoki kirill yozuvida yohud bir vaqtning o‘zida ham kirill, ham lotin yozuvida ko‘rish imkoniyatiga egasiz.
1.0.6 14/07/2017
Eski Ahdning bitta kitobiga matnni yoritib borish funksiyasi qo'shilgan (ushbu funksiya “Faqat ovoz” audio versiyasi uchun qo'llanilgan).
more Version 3.3 19/12/2025
Data Not Collected The developer does not collect any data from this app.