AT-TARTIL 17+

Ahrorbek Abdullaev

Diseñado para iPhone

    • Gratis

Capturas de pantalla del iPhone

Descripción

At Tartil ilovasini iOS qurilmalarida foydalanishingiz mumkin. Unda quyidagi imkoniyatlar mavjud:

1. Qur’on tilovatini osonlashtirilgan tajvid orqali o’rganish
2. Tajvid darslari
 3. 30 pora Quron tilovati
4. Dasturning Yurug’lik/Qorong’u ko’rinishlari
5. “Eslatmalarim” va “Joriy dars” larni ko’rsatish

1. At Tartil Qurʼonni taʼlim oluvchilar uchun maxsus ilova bo'lib, unda Qurʼoni karim taʼlimi uchun tezlikning “tahqiq” darajasida o‘qilgan. Harflarning maxraj va sifatlariga alohida eʼtibor berilgan. Ijozaga ega bo‘lgan yurtimiz qorilaridan bir nechtalari ko‘rigidan o‘tib, omonat yuzasidan Misr diyorining ulug‘ shayxlari ham mukammal holda to‘la eshitib chiqib, tarqatish uchun ijoza berganlar.

Allohning izni bilan hijriy 1441 yil, jumadul avval oyining 29 sanasi, juma kunida boshlanib, hijriy 1441 yil, shavvol oyining 28 sanasi, juma kunida xatm tugallandi va qorilar tekshiruvi bilan 1443 yil, rabiul oxir oyining 24 sanasi, dushanba kunida tamomiga yetdi

Ushbu ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mitaning 2022 yil 18 aprel sanadagi 180-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.


2. Tajvid darslari bo’limi orqali mamlakatimiz ustoz qorilaridan bo’lmish Jahongir Ne’matov tomonlaridan tayyorlangan maxsus tajvid darslarini tomosha qilish imkoni mavjud.

3. Ilovada Quron Karimning tilovati hamda oyatlarni ko’rsatgan holda video orqali tomosha qilish imkoniyati qo’shilgan bo’lib. Bu qism vaqt o’tishi bilan to’latilib borilmoqda.

4. Ilovada dasturning ikki xil ishlash tartibi mavjud. Yorug’lik rejimi orqali dasturni yorqin ranglarda ko’rish va ishlatish imkoniyat beriladi. Shuningdek qulaylik maqsadida dasturni qoraytirilgan holatga ham o’tkazib olish mumkin.

5. At Tartil ilovasida suralarning muayyan oyatlarini belgilab olish mumkin. U suralarni “Eslatmalarim” bo’limidan topiladi. Bu orqali saqlangan suraning belgilangan oyatiga oson borish imkoni mavjud. Shuningdek “Joriy Dars” bo’limida dastur sizga oxirgi marta qaysi surani o’qiganingizni eslatib turadi.

At Tartil ilovasini Alloh taolo barchalarimiz uchun manfaatli qilsin. Din yo’lida qilingan amallarni O‘zi qabul aylasin. Omin.


G’oya muallifi: Ahrorbek Abdullayev
Versiya: 1.0.0

Rasmiy web sahifa: https://www.at-tartil.uz

Novedades

Versión 2.1

Dasturning ushbu sonida
-qiroatlarni yuklashnda bir qancha tuzatishlari qilindi
-ayrim qiroatlarda ovoz chiqmay qolishi bo'yicha o'zgartirishlar qilindi
-ilovadagi xatoliklar bo'limida telegram orqali murojaat qilish imkoni qo'shildi
-menuda "Maxfiylik Siyosati" bo'limi qo'shildi, bu bo'limda dastur va undan foydalanish shartlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin
-menuda "Qayta yuklash" bo'limi qo'shildi, u orqali qiroatlardagi tartib buzilishini to'g'rilash mumkin

va boshqa bir qancha o'zgarishlar qo'shildi

Privacidad de la app

El desarrollador, Ahrorbek Abdullaev, ha indicado que las prácticas de privacidad de la app pueden incluir la gestión de datos descrita a continuación. Para obtener más información, consulta la política de privacidad del desarrollador.

No se recopilan datos

El desarrollador no recopila ningún dato en esta app.

Las prácticas de privacidad pueden variar, por ejemplo, dependiendo de tu edad o de las funciones que uses. Más información

También te puede interesar

Abdulbosit Qori
Educación
ilmnuri - Abdulloh domla
Educación
Hadis ilovasi
Educación
Faroiz
Educación
Mo'jizaviy kitob
Educación
Uzbek Quran
Referencia