Lalu - Homiladorlik maktabi 12+

Makhmudjon Kalandarov

Designed for iPhone

    • Free

iPhone Screenshots

Description

Ayol hayotidagi hayajonli davrning biri homiladorlik bo‘lsa, ikkinchisi albatta shirin farzandining kun sayin ulg‘ayishini kuzatishdir.
Bu paytlarda yosh onada, shuningdek yosh oilada his-tuyg‘ular shunchalik jo‘sh-uradiki ularning sof va nozik tuyg‘ularini kapalak qanot qoqishiga qiyos etish mumkin!
Keling, ajib va takrorlanmas davrni Lalu bilan birga o‘tkazing. Bizning kapalak siymomiz sizni har kuni, har dam qiziq va sehrli olamga eltadi.

Xo‘sh, biz bilan takrorlanmas hissiyotlarga sho‘ng‘ishga tayyormisiz, unda hoziroq ilovani homiladorlik taqvimi bilan birgalikda yuklab oling. Hamda sog‘lom farzand dunyoga keltirish, uni parvarishlash singari masʼuliyatli vazifani Laluʼda olgan bilimlaringizga tayangan holda osonroq ado eting.

Yangilangan mobil ilovamiz sizga butun homiladorlik davri hamda bola parvarishlash jarayonida asqatadigan quyidagi funksiyalarni taqdim etadi:

Homiladorlik kalendari - 42 hafta davomida homilangizdagi va sizdagi o‘zgarishlar, homiladorlikda to‘g‘ri ovqatlanish, ginekolog maslahatlari, muddatingizga mos ravishda tavsiya qilingan tibbiy tekshiruv rejalari haqida maʼlumotlar;

Homila rivojlanish ko‘rsatkichlari - Homilangizning haftalik o‘lchamlari, yurak urushlar soni hamda ilmiy tasdiqlangan tavsiya va maʼlumotlar;

Bola rivojlanishi kalendari - Chaqaloqning chilla davri va uning bir oylikdan bir yoshigacha bo‘lgan rivojlanishi bayon qilingan foydali taqvim. Kalendar orqali bola ovqatlanishi, uyqusi, psixologiyasi, qobiliyatlari va boshqa ko‘plab o‘zgarishlarini oyma-oy kuzatib borish imkoniyati;
Chaqaloq parvarishi bo‘yicha foydali ko‘rsatmalar va boshqa ko‘plab foydali ko‘nikmalarni o‘rganish;
Emlash taqvimi - emlash vaqtlari haqida bildirishnoma olish va emlanganlikni qayd qilish vositasi;

Vazn nazorati - homilador ayol hamda yosh bolalarni to‘g‘ri va sog‘lom rivojlanishini asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan og‘rilikni nazorat qilish imkoniyati.
Mashqlar - Homiladorlar uchun mo‘lajallangan muhim va zaruriy mashqlar to‘plami hamda bajarish ketma-ketliklari;

Ismlar maʼnosi - Bo‘lajak farzandingizga chiroyli va maʼnoli ism tanlash uchun maxsus bo‘lim. Bu bo‘limda ismlar maʼnosi haqida maʼlumot olib, yoqtirgan ismlar ro‘yxatingizni ham shakllantirishingiz mumkin.

Maqolalar - Ushbu bo‘limi orqali o‘zingizni qiziqtirgan homiladorlik davri va bola parvarishlash bo‘yicha foydali hamda ilmiy tasdiqlangan maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.


Lalu hamjamiyati - Boshqa homilador ayollar va yosh onalar bilan fikr va tajriba almashish uchun ilovamizdan foydalaning.

Va yana ko‘plab qizqarli va zarur vositalar…

Lalu barcha bolalar sog‘lom bo‘lishini xohlaydi!

Agar ilova yuzasidan savol yoki takliflaringiz bo‘lsa, shuningdek ilova ishlashi bilan bog‘liq muammo kuzatilsa, biz bilan bog‘laning!

What’s New

Version v1.0.22

-Xatoliklar tuzatildi

Ratings and Reviews

4.4 out of 5
294 Ratings

294 Ratings

Muxlisaxon Abdurashidova ,

Abdurashidova Muxlisa

Assalomu alaykum Lallu mobil ilovasi judayam ajoyib ekan,yangilangan ilovadan foydalanishni boshladim ,oldin iPhone uchun mobil ilova mavjud emasligi uchun bu ilovadan foydalana olmasdim telegramdagi Lallu Homiladorlar maktabi kanalini muntazam kuzatib maqolalari bilan tanishib borar edim,endi esa mobil ilova orqali vujudimda rivojlanib o’zining borligini har daqiqada xis qildirib turgan bolajonimning har kunlik rivojlanishini,unda bo’layotgan o’zgarishlarni,nimalar u uchun foydali ekanligini,bo’lajak ona sifatini nimalarga ko’proq e’tibor berishim kerakligi,nimalar qilishim kerakligi haqida judayam ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lyapman. Berilayotgan maqolalar,kerakli ma’lumotlar men kabi yosh,tajribasiz bo’lajak onalar uchun ayni muddao bo’lmoqda,ushbu ma’lumotlar yordamida ishonamanki farzand tarbiyalash va parvarishlash davomida qiyinchiliklarga duch kelmayman. Alloh Lallu jamoasining shunday xayrli ishlarini bardavom qilsin,yanada ko’plab yangiliklar kutib qolamiz,Lallu jamoasini Alloh o’z marhamati va barokati ila mukofotlasin!

Tairova Pari ,

Parvina Tairova

Assalomu alaykum Lalu dasturi eng ajoyib bolajak onalar va yosh onalar uchun foydali dastur deb hisoblayman va oz minnatdorchiligmmi bildrib qolaman😊👍

Nasiba___ ,

Nasiba

Assalomu alekum qachon yangi versiya yuklanadi kod bermayaptiku

Developer Response ,

Assalomu alaykum, qayta urinib ko'ring iltimos. Hozir barcha kompaniya raqamlariga tasdiqlash kodi muammosiz yuborilyapti.
Agar kod yana kelmasa, bizga Telegramdan @laluyordam profiliga yozing, sizga kirishingizda yordam beramiz.
Rahmat.

App Privacy

The developer, Makhmudjon Kalandarov, indicated that the app’s privacy practices may include handling of data as described below. For more information, see the developer’s privacy policy.

Data Linked to You

The following data may be collected and linked to your identity:

  • Contact Info
  • User Content

Privacy practices may vary based on, for example, the features you use or your age. Learn More

You Might Also Like

Palila - Ayollar kalendari
Health & Fitness
Oson Apteka - Справочник
Medical
CheapPharmacy (ArzonApteka)
Medical
Беременность FemiLi
Medical
OU7: Спорт и Тренировки Дома
Health & Fitness
AzizEstet
Health & Fitness