MyGov 4+

Uzinfocom

    • Free

Screenshots

Description

Davlat xizmatlarining raqamli formati — tez, qulay va chegirmalar bilan.

MyGov mobil ilovasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy mobil ilovasidan istalgan vaqtda, masofadan turib, navbatlarsiz foydalaning.

Oila, ta’lim, ijtimoiy himoya, sport va transport kabi 20 dan ortiq sohalar, 370 dan ortiq xizmatlar va pullik xizmatlarga 10%lik chegirma.

Ro‘yxatdan o‘tish, FaceID orqali identifikatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish yoki ariza yuborish hamda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari endi bir ilovada. Qulay va tushunarli interfeys va yanada ko‘proq imkoniyatlardan ilova orqali foydalaning. MyScanni sinab ko‘ring, MyScan orqali akkauntingizga login va parolni ishlatmagan holda darhol kirishingiz, xizmatlardan olingan hujjatlarni haqiqiyligini tekshirishingiz hamda yuklab olishingiz hamda xizmatlar uchun tezkor to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun ilovani o‘rnating va o‘rtadagi skanerlash belgisini bosing va tegishli QR-kodni skanerlang.

MyGov ilovasida foydalanuvchilar tomonidan ko‘p beriladigan savollarga javoblarni ko‘rishingiz hamda ma’lum xizmatlardan foydalanishda videoqo‘llanmalar bilan tanishishingiz mumkin. Har bir xizmat pasportida xizmat bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni topasiz. Videoqo‘llanma, xizmat tavsifi, xizmat narxi va muddati kabi ma’lumotlar shular jumlasidan.

Ilova orqali profilingizga kiring, arizalarni boshqaring, xizmatlar uchun sharhlar qoldiring. Sizga tegishli hujjatlar, ko‘chmas mulk va avtotransport ma’lumotlari bilan tanishing, kommunal balanslarni nazorat qiling.

Nikoh holati, kredit tarixi, ta’lim krediti, avtomobil boshqaruvi uchun ishonchnoma, 50 dan ortiq turli xil ma’lumotnomalar uchun ovora bo‘lib yurish shart emas. Davlat xizmatlari uchun tashkilotlarga yozma ariza to‘ldirish o‘rniga uyingizdan turib 5 daqiqa ichida elektron ariza yuboring va belgilangan muddatda natijani oling.

To‘lovlar bo‘limiga o‘ting va 1000 ga yaqin kundalik hayotda kerakli sohalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiring. Davlat xizmatlari uchun ham to‘lovlarni ilovadan chiqmagan holda to‘lash imkoniyatiga egasiz.

MyGov mobil ilovasini o‘rnating raqamli hukumat yangiliklari bilan tanishing, vidjetlarni boshqaring va bildirishnomalar orqali muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘ling.

Bizning missiyamiz – raqamlashtirish orqali odamlarning hayotini osonlashtirish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini taqdim etish.

What’s New

Version 3.5.91

Shaxsiy profil sahifasi:
-ID karta, haydovchilik guvohnomasi va xorijga chiqish pasportining elektron ko‘rinishi yangilandi;
-Pensiya (nafaqa) guvohnomasi ham qo‘shildi;
-Profil bo‘limi qulay va tushunarli qilib yangilandi.

Asosiy sahifa:
-“Vidjetlar” bo‘limini yangiladik – hammasi tartibli va qulay bo‘ldi;
-Xizmatlarni baholash interfeysi yangilandi – 5 yulduz bosishga tayyorlaning!

“Sohalar” menyusi:
-Soha sahifalari interfeysi yangilandi – oddiy va tushunarli!
-Kerakli xizmatni qidirish funksiyasi qo‘shildi – endi xizmat topish uchun ko‘p vaqt sarflamaysiz.
-Sohalar orasida o‘tish uchun maxsus scroll qo‘shdik – tezkorlikning yangi bosqichi!

“To‘lovlar” menyusi:
-To‘lovlar endi yanada ko‘rkam va qulay

Yangilangan ilovadan foydalaning va ishlaringizni osonlashtiring! Biz uchun sizning fikringiz juda muhim. Ilovani baholashni unutmang!

Ratings and Reviews

4.8 out of 5
33.4K Ratings

33.4K Ratings

Abdumutal7 ,

Language

Very helpful system. But there are some problems with languages on some documents. I couldn’t download some documents in English.

Developer Response ,

Hello, dear user! We apologize for any inconvenience caused. If you have any problems using the application, you can contact us Contact Center: 1242, Telegram bot: @myGovUzSupportBot

owaisjutt ,

Great app

Its very good app for uzbekistan people i am appreciate to uzbekistan who create this type of app for help people and knowing everything sit in house

Developer Response ,

Your feedback is very important to us. We are working to make our service more user-friendly. We are very encouraged by your comment. Thanks for your thoughts and comments.

Hizmat yaxshi yolga qoyilmagan ,

Botir

Asalomalekum hizmatila yaxshi gap yoq zor manga yoqti faqat arizalarimni koraman disam one id ilovasiga kiring diyilvoti one id ilovasidan royhatdan otaman disam tashavorvoti nima qilsam boladi ?

Developer Response ,

Agar siz One id identifikatsiya tizimida parolingizni yoki loginingizni unutgan boʻlsangiz, “login yoki parolni unutdingizmi” tugmasini bosish va PINFL va telefon raqamingizni kiritish orqali parol va loginni tiklashingiz mumkin. Ma'lumotga to'liq aniqlik kiritish uchun 1242 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilishingizni so'raymiz! Fikr-mulohazangiz uchun rahmat.

App Privacy

The developer, Uzinfocom, indicated that the app’s privacy practices may include handling of data as described below. For more information, see the developer’s privacy policy.

Data Not Collected

The developer does not collect any data from this app.

Privacy practices may vary based on, for example, the features you use or your age. Learn More

More By This Developer

HET Billing Mobile
Finance
MyID O'zbekiston
Productivity
Dmed Pro
Health & Fitness
DMED
Health & Fitness
Constitution UZ
Books
O'zbekiston Konstitutsiyasi
Books

You Might Also Like

MyUztelecom
Productivity
Mobiuz
Productivity
Turon Telecom
Productivity
f3 vpn - simple VPN
Productivity
RayVPN: Secure Unlimited Proxy
Productivity
Cardmon
Productivity