CleanERP
Business
Free · Designed for iPad. Not verified for macOS.
Kir yuvish va ximchistka korxonangizni telefondan boshqaring: buyurtma qabul qilish, sexdagi jarayon, yetkazish, kassa va xodimlar oyligi — bitta ilovada.
CleanERP — kir yuvish, gilam yuvish va kimyoviy tozalash korxonalari uchun mo'ljallangan boshqaruv tizimi. Buyurtma mijozdan olinganidan to yetkazib berilgunicha bo'lgan butun yo'l bitta ilovada kuzatiladi.
HAR BIR XODIM O'Z EKRANINI KO'RADI
Ilova xodimning roliga qarab ochiladi — hech kim ortiqcha tugma va bo'limlarni ko'rmaydi.
Operator
• Mijoz qo'ng'irog'i bo'yicha so'rov qabul qiladi
• Telefon raqami bo'yicha mijoz avtomatik topiladi
• Haydovchini biriktiradi va unga darhol bildirishnoma boradi
• So'rovni kelgusi kunga rejalashtiradi
Haydovchi
• "Olib ketish" va "Qaytarish" — ikkita aniq bo'lim
• Mijozga bir bosishda qo'ng'iroq, manzilni xaritada ochish
• Mijoz oldida buyurtma rasmiylashtirish
• Qo'lidagi naqd pul va yo'l chiqimlari hisobi
Yuvuvchi va pardozlovchi
• Sexdagi navbat: qaysi buyum kimda turgani ko'rinadi
• Bajarilgan ishni bitta katta tugma bilan yopish
• O'lcham (m², kg, metr) kiritilganda narx avtomatik hisoblanadi
Rahbar
• Bugungi tushum, foyda va buyurtmalar soni
• Haftalik dinamika grafigi
• Kirim-chiqim, haydovchilar kassasini tasdiqlash
• Xodimlar oyligi: oylik + ishbay − avans
• Mahsulot narxlari va ishbay stavkalarni sozlash
ASOSIY IMKONIYATLAR
• Buyurtmaning har bir buyumi alohida kuzatiladi
• O'lchov birligi bo'yicha narxlash: kvadrat metr, kilogramm, metr, dona
• Mijozlar bazasi va hamkor firmalar
• Joyida xizmat (mebel, divan yuvish) — alohida oqim
• Naqd, karta, o'tkazma va qarz — to'lov turlari ajratilgan
• Push-bildirishnoma: yangi so'rov kelganda darhol xabar
• Buyurtma tayyor bo'lganda mijozga SMS
• Kunlik va davr bo'yicha moliyaviy hisobot
• Tungi rejim, katta shrift qo'llab-quvvatlanadi
• Interfeys to'liq o'zbek tilida
KIMLAR UCHUN
Kir yuvish sexlari, gilam yuvish korxonalari, ximchistkalar, joyida tozalash xizmatlari — 3 xodimdan 100 xodimgacha.
MUHIM
CleanERP — korxonalar uchun ichki ish ilovasi. Undan foydalanish uchun korxonangiz CleanERP tizimida ro'yxatdan o'tgan bo'lishi va sizga administrator tomonidan login berilgan bo'lishi kerak. Ilova ichida ro'yxatdan o'tish yoki hisob yaratish imkoniyati yo'q.
Korxonangizni ulash uchun: oybekrozievich@gmail.com
Ratings & Reviews
- This app hasn’t received enough ratings or reviews to display an overview.
The developer, Jamshidkhon Imomov, indicated that the app’s privacy practices may include handling of data as described below. For more information, see the developer’s privacy policy .
Data Linked to You
The following data may be collected and linked to your identity:
- Contact Info
- Identifiers
Accessibility
The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More
Information
- Seller
- Jamshidkhon Imomov
- Size
- 23.7 MB
- Category
- Business
- Compatibility
Requires iOS 13.0 or later.
- iPhone
Requires iOS 13.0 or later. - iPad
Requires iPadOS 13.0 or later. - iPod touch
Requires iOS 13.0 or later. - Mac
Requires macOS 11.0 or later and a Mac with Apple M1 chip or later. - Apple Vision
Requires visionOS 1.0 or later.
- iPhone
- Languages
- English
- Age Rating
4+
- 4+
- Copyright
- © 2026 E - Investment
