EduCoin School

Coin + CRM platforma

Only for iPhone

Free · Designed for iPhone. Not verified for macOS.

iPhone

O'quvchi vazifa bajaradi coin oladi, to'plagan coinlarini markaz tomonidan qo'yilgan sovg'alarga almashtiradilar O'quv markazingizdagi coin tizimini qog'ozdan ilovaga ko'chiring. Ustoz coin beradi, o'quvchi sovg'aga almashtiradi, ota-ona hammasini telefonida ko'radi. Davomat, natijalar va rag'batlantirish — bitta joyda, shaffof va hisobli bo'ladi. MUHIM: ilovaga o'quv markazingiz yoki maktabingiz bergan akkaunt bilan kiriladi. Mustaqil ro'yxatdan o'tish yo'q. Markazingiz EduCoin platformasidan foydalanmasa, ilovaga kira olmaysiz. QANDAY MUAMMONI HAL QILADI Ko'p o'quv markazlarda rag'batlantirish tizimi allaqachon bor — lekin qog'ozda. Kimda nechta coin bor, kim qachon va nima uchun bergan, hisob to'g'rimi — bu savollarga aniq javob yo'q. Natijada o'quvchi ishonchini yo'qotadi, ustoz vaqtini sarflaydi, direktor esa umumiy manzarani ko'rmaydi. EduCoin School shu hisobni avtomatlashtiradi. Har bir coin sababi bilan yoziladi, har bir o'quvchi o'z balansini ko'radi, har bir ota-ona farzandi natijasidan xabardor bo'ladi. USTOZLAR UCHUN - Guruhlar va dars jadvali — kunlik ish rejasi bir ekranda - Davomatni bir bosishda belgilash - O'quvchiga sabab bilan coin berish: uy vazifasi, faol ishtirok, test natijasi - Berilgan coinlar tarixi va guruh bo'yicha statistika - O'quvchilarning faollik ko'rsatkichlari O'QUVCHILAR UCHUN - Coin balansi va u qanday to'planganining to'liq tarixi - Markazingiz sovg'alari katalogi va har birining narxi - Sovg'agacha qancha qolganini ko'rish - Davomat, dars jadvali va imtihon natijalari - Guruh reytingidagi o'z o'rni OTA-ONALAR UCHUN - Farzandingiz darsga keldimi — bilib turasiz - Coin, natija va faollik dinamikasi - To'lovlar va qarzdorlik holati - Markaz sozlagan bo'lsa, Telegram orqali avtomatik xabarlar COIN QANDAY ISHLAYDI O'quvchi darsga kelgani, uy vazifasini bajargani va faolligi uchun coin oladi. To'plangan coinlarni markaz belgilagan sovg'alarga almashtiradi — kitob, kepka, kurs chegirmasi yoki kattaroq mukofot. Har bir markaz o'z coin qiymatini, sovg'alar ro'yxatini va shartlarini mustaqil belgilaydi. Coin — markaz ichidagi shartli birlik: u pul emas, naqdga almashtirilmaydi va markazdan tashqarida qiymatga ega emas. NEGA BU ISHLAYDI Bola bugungi harakati uchun bugun natija ko'radi. Uzoq muddatli maqsad ("keyingi yil imtihon") o'rniga yaqin va aniq maqsad paydo bo'ladi. Amaliyotda bu davomatni oshiradi va darsga munosabatni o'zgartiradi. Ota-ona esa birinchi marta farzandi markazda nima qilayotganini kunma-kun ko'radi — chorak oxirida emas. MARKAZINGIZ UCHUN EduCoin 50 dan ortiq o'quv markaz va xususiy maktabda, 10 000 dan ortiq o'quvchi bilan ishlaydi. Platformani markazingizga ulash bo'yicha: educoin.uz Ilovada reklama yo'q, ichki xaridlar yo'q, uchinchi tomon kuzatuvchilari yo'q. Ma'lumotlar O'zbekiston hududidagi serverlarda saqlanadi. Maxfiylik siyosati: educoin.uz/doc/privacy-school.html Aloqa: info@educoin.uz

  • This app hasn’t received enough ratings or reviews to display an overview.

Qo'shimcha imkoniyatlar qo'shildi

The developer, Islomjon Bakhromov, indicated that the app’s privacy practices may include handling of data as described below. For more information, see the developer’s privacy policy .

  • Data Linked to You

    The following data may be collected and linked to your identity:

    • Contact Info
    • User Content
    • Identifiers
    • Usage Data
    • Other Data

Privacy practices may vary, for example, based on the features you use or your age. Learn More

The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More

Seller
Islomjon Bakhromov
Size
29.7 MB
Category
Education
Compatibility
Requires iOS 13.0 or later.
  • iPhone
    Requires iOS 13.0 or later.
  • iPod touch
    Requires iOS 13.0 or later.
  • Mac
    Requires macOS 11.0 or later and a Mac with Apple M1 chip or later.
  • Apple Vision
    Requires visionOS 1.0 or later.
Languages
English
Age Rating
4+
Copyright
© 2026 Alicoder LLC