Baraka daftari
Oilangiz moilyasini boshqaring
Free · Designed for iPad. Not verified for macOS.
Baraka daftari — pulingiz qayerga ketayotganini ko'rsatadigan va jamg'arishga yordam beradigan shaxsiy moliya daftari. Ilova bank hisobingizga ulanmaydi: unda faqat siz yozgan ma'lumot saqlanadi, shuning uchun hisob-kitob to'liq o'zingizning nazoratingizda qoladi.
Xarajat yoki daromadni bir necha soniyada yozasiz: summa, kategoriya va ixtiyoriy izoh. Tayyor kategoriyalardan foydalanasiz yoki o'zingiznikini yaratasiz, keraksizini arxivlaysiz. To'lov usulini belgilaysiz — naqd, karta yoki o'tkazma — va xohlasangiz chek rasmini biriktirasiz. Har bir xarajatga zarurlik darajasi qo'yiladi: zarur, kerak yoki shunchaki xohish. Shu sababli oy oxirida pulning qanchasi haqiqiy ehtiyojga, qanchasi xohishlarga ketgani ko'rinib turadi.
Yozuvlarni so'm, AQSh dollari va rublda yuritish mumkin. Markaziy bankning kunlik rasmiy kursi avtomatik yuklanadi, zarur bo'lsa kursni qo'lda kiritasiz. Har bir yozuv o'zi kiritilgan kundagi kursni saqlab qoladi, shuning uchun kurs keyin o'zgarsa ham eski hisobotlar o'zgarmaydi.
Jamg'arma uchun alohida hamyonlar bor: moliyaviy yostiq, maqsadlar (uy, mashina, safar) va sarmoya kapitali. Moliyaviy yostiq maqsadi sizning haqiqiy zarur xarajatlaringizdan hisoblanadi, masalan olti oylik xarajat miqdorida. Har bir hamyonda pul qo'shish va olish tarixi hamda maqsadga qancha qolgani ko'rinadi.
Qarzlar bo'limida kimga qancha berganingiz va kimdan qancha olishingiz alohida yuritiladi: yo'nalishi, muddati va qisman to'lovlari bilan. Qarzlar daftardagi xarajat va daromad yozuvlariga aralashmaydi, shuning uchun oylik yakuningizni buzmaydi.
Asosiy ekranda joriy oy qoldig'i, oxirgi olti oy grafigi, eng katta xarajat kategoriyalari, Markaziy bank kurslari va kalkulyator turadi. Oylik va yillik hisobotda kategoriyalar diagrammasi, zarurlik darajalari va valyutalar bo'yicha jadval bor. Kategoriyaga oylik byudjet belgilab qo'ysangiz, limitga yaqinlashganda ilova ogohlantiradi. Oy boshlanish kunini oylik oladigan kuningizga moslashingiz, barcha yozuvlar bo'yicha qidirish va filtrlash mumkin.
Kunlik "bugungi xarajatlarni yozing" eslatmasini va oylik kuni eslatmasini yoqib qo'yish mumkin — ular telefoningizning o'zida ishlaydi. Yangiliklar va muhim xabarlar push-bildirishnoma bo'lib keladi; ularni qurilma sozlamalaridan o'chirib qo'yish mumkin. Asosiy ekrandagi kun maslahati bo'limida pulni boshqarish haqida qisqa maslahatlar chiqib turadi.
Ilovaga Google yoki Apple hisobi bilan, yoki email va parol bilan kirasiz. Yozuvlar bulutda saqlanadi, telefon almashtirilganda yo'qolmaydi, internet bo'lmaganda ham ilova ishlayveradi. Ilovada reklama yo'q va yozuvlaringiz uchinchi tomonlarga sotilmaydi. Istalgan vaqtda barcha yozuvlarni CSV faylga eksport qilishingiz yoki hisobingizni ma'lumotlari bilan birga butunlay o'chirib yuborishingiz mumkin.
Ilova interfeysi o'zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida ishlaydi.
Ratings & Reviews
- This app hasn’t received enough ratings or reviews to display an overview.
Ilova designi yangilandi.
The developer, Abdusamad Abdukarimov, indicated that the app’s privacy practices may include handling of data as described below. For more information, see the developer’s privacy policy .
Data Linked to You
The following data may be collected and linked to your identity:
- Usage Data
Data Not Linked to You
The following data may be collected but it is not linked to your identity:
- Contact Info
- User Content
- Identifiers
- Diagnostics
Accessibility
The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More
Information
- Seller
- Abdusamad Abdukarimov
- Size
- 75.5 MB
- Category
- Finance
- Compatibility
Requires iOS 15.0 or later.
- iPhone
Requires iOS 15.0 or later. - iPad
Requires iPadOS 15.0 or later. - iPod touch
Requires iOS 15.0 or later. - Mac
Requires macOS 12.0 or later and a Mac with Apple M1 chip or later. - Apple Vision
Requires visionOS 1.0 or later.
- iPhone
- Languages
- English
- Age Rating
4+
- 4+
- Copyright
- © 2026 Abdusamad Abdukarimov. All rights reserved.
