TezTop Pro
Business
Only for iPhone
Free · Designed for iPhone. Not verified for macOS.
iPhone
Ishingizni qiling, mijozni biz topamiz. Buyurtma o'zi keladi, narxni o'zingiz aytasiz, mijoz ish tugagach pulni qo'lingizga naqd beradi.
TezTop Pro Toshkentdagi mutaxassislar uchun: santexnik, elektrik, ta'mirchi, texnika ustasi, tozalovchi va yuk tashuvchi. Mijoz buyurtmani TezTop ilovasida qoldiradi, siz o'z yo'nalishingiz va tumaningizdagi buyurtmalarni ko'rasiz.
Qanday ishlaydi
1. Yangi buyurtma push bilan keladi. Mijoz nima kerakligini yozadi, rasm, video yoki ovozli xabar qo'shadi, byudjet va qulay vaqtni ko'rsatadi.
2. Narx va vaqtni o'zingiz yozasiz, tarif ham, auksion ham yo'q. Ilova narxingiz mijoz byudjetiga sig'ish-sig'masligini ko'rsatadi. Ko'rmasdan narx aytolmasangiz, «Ko'rib aytaman» ni tanlaysiz.
3. Mijoz sizni tanlasa, aniq manzil va telefon raqami ochiladi.
4. Yo'lga chiqqaningizda va yetib kelganingizda tugmani bosasiz, mijoz buni ilovada ko'radi va qayta-qayta qo'ng'iroq qilmaydi. Ish tugagach natija suratini yuborasiz. Tortishuv bo'lsa, shu surat sizning isbotingiz.
5. Mijoz ishni tasdiqlab, pulni sizga naqd beradi. Ilova daromadingizni oyma-oy hisoblab boradi.
Ilovada yana
• «Bandman» ni yoqsangiz, 1 soat, 3 soat, kechgacha, ertalab 8:00 gacha yoki o'zingiz qayta yoqmaguningizcha yangi buyurtma xabari kelmaydi.
• Mijoz ish boshlanmasdan bekor qilsa, sizga jarima yo'q va reytingingiz tushmaydi.
• E'tiroz bo'lsa, moderator 48 soat ichida ikkala tomon bilan bog'lanadi.
• Mijozga ilova ichidan yozasiz yoki qo'ng'iroq qilasiz.
• Manzil xaritada turadi, navigator bir bosishda ochiladi.
• Mijozlar qo'ygan baholar profilingizda saqlanadi.
• Noqulay mijozni bloklab, ustidan shikoyat yuborasiz.
Hujjatlar
Buyurtmalarni faqat hujjati tekshirilgan mutaxassislar ko'radi. Pasport (ID-karta) va selfini faqat TezTop xodimi ko'radi. Mijozga ismingiz, suratingiz va reytingingiz ko'rinadi, boshqa ma'lumotingiz ko'rinmaydi.
Ro'yxatdan o'tish
Telefon raqamingizga SMS kod keladi, keyin ism va surat, pasport va selfi, yo'nalish va tumanlarni kiritasiz. Bu taxminan 5 daqiqa oladi. Pasport va selfini telefon kamerasi bilan olasiz, ilova har qadamda nima qilishni ko'rsatadi. Tekshiruv odatda bir kun davom etadi, profilingiz ochilganda SMS keladi. Kamida 18 yoshda bo'lishingiz va Toshkentda ishlashingiz kerak.
Yo'nalishlar
Santexnika, elektrika, ta'mirlash, texnika ta'miri, tozalash va yuk tashish. Masalan: kran va smesitel almashtirish, quvur oqishi, kanalizatsiya, rozetka va chiroq, konditsioner ulash, kafel, laminat, oboy, kir yuvish mashinasi va muzlatgich ta'miri, kvartira va ofis tozalash, ko'chish va mebel tashish.
Hozircha faqat Toshkent shahri. Tumanlarni o'zingiz tanlaysiz yoki «Butun Toshkent» ni yoqasiz. Ilova o'zbek (lotin va kirill) va rus tilida.
Mutaxassis chaqirmoqchi bo'lsangiz, TezTop ilovasini yuklang.
Savollar uchun Telegram: @teztop_support
Ratings & Reviews
- This app hasn’t received enough ratings or reviews to display an overview.
В этой версии:
• Статус «Свободен» или «Занят» виден сразу, а если вы заняты, видно, до какого времени.
• Заказы в одном месте на карте при приближении видны по отдельности, группа открывается целиком.
• Все уведомления можно отметить прочитанными одной кнопкой.
• В профиле раздел «Устройства»: видно, где открыт аккаунт, лишние можно отключить.
• Фото, не загрузившееся при завершении работы, не пропадает.
• Незначительные исправления ошибок и улучшение стабильности.
The developer, Uktam Toshev, indicated that the app’s privacy practices may include handling of data as described below. For more information, see the developer’s privacy policy .
Data Not Collected
The developer does not collect any data from this app.
Accessibility
The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More
Information
- Seller
- Uktam Toshev
- Size
- 98 MB
- Category
- Business
- Compatibility
Requires iOS 15.5 or later.
- iPhone
Requires iOS 15.5 or later. - iPod touch
Requires iOS 15.5 or later. - Mac
Requires macOS 12.4 or later and a Mac with Apple M1 chip or later. - Apple Vision
Requires visionOS 1.0 or later.
- iPhone
- Languages
English and 2 more
- English, Russian, Uzbek
- Age Rating
16+
- 16+
- Copyright
- © 2026 · TezTop
