MyGov: Davlat xizmatlari

Produktivität

Kostenlos

Davlat xizmatlarining raqamli formati — tez, qulay va chegirmalar bilan. MyGov mobil ilovasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy mobil ilovasidan istalgan vaqtda, masofadan turib, navbatlarsiz foydalaning. Oila, ta’lim, ijtimoiy himoya, sport va transport kabi 20 dan ortiq sohalar, 370 dan ortiq xizmatlar va pullik xizmatlarga 10%lik chegirma. Ro‘yxatdan o‘tish, FaceID orqali identifikatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish yoki ariza yuborish hamda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari endi bir ilovada. Qulay va tushunarli interfeys va yanada ko‘proq imkoniyatlardan ilova orqali foydalaning. MyScanni sinab ko‘ring, MyScan orqali akkauntingizga login va parolni ishlatmagan holda darhol kirishingiz, xizmatlardan olingan hujjatlarni haqiqiyligini tekshirishingiz hamda yuklab olishingiz hamda xizmatlar uchun tezkor to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun ilovani o‘rnating va o‘rtadagi skanerlash belgisini bosing va tegishli QR-kodni skanerlang. MyGov ilovasida foydalanuvchilar tomonidan ko‘p beriladigan savollarga javoblarni ko‘rishingiz hamda ma’lum xizmatlardan foydalanishda videoqo‘llanmalar bilan tanishishingiz mumkin. Har bir xizmat pasportida xizmat bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni topasiz. Videoqo‘llanma, xizmat tavsifi, xizmat narxi va muddati kabi ma’lumotlar shular jumlasidan. Ilova orqali profilingizga kiring, arizalarni boshqaring, xizmatlar uchun sharhlar qoldiring. Sizga tegishli hujjatlar, ko‘chmas mulk va avtotransport ma’lumotlari bilan tanishing, kommunal balanslarni nazorat qiling. Nikoh holati, kredit tarixi, ta’lim krediti, avtomobil boshqaruvi uchun ishonchnoma, 50 dan ortiq turli xil ma’lumotnomalar uchun ovora bo‘lib yurish shart emas. Davlat xizmatlari uchun tashkilotlarga yozma ariza to‘ldirish o‘rniga uyingizdan turib 5 daqiqa ichida elektron ariza yuboring va belgilangan muddatda natijani oling. To‘lovlar bo‘limiga o‘ting va 1000 ga yaqin kundalik hayotda kerakli sohalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiring. Davlat xizmatlari uchun ham to‘lovlarni ilovadan chiqmagan holda to‘lash imkoniyatiga egasiz. MyGov mobil ilovasini o‘rnating raqamli hukumat yangiliklari bilan tanishing, vidjetlarni boshqaring va bildirishnomalar orqali muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘ling. Bizning missiyamiz – raqamlashtirish orqali odamlarning hayotini osonlashtirish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini taqdim etish.

  • 4,7
    von 5
    433 Bewertungen

Xato va kamchiliklar bartaraf etildi

Das Entwicklungsteam, Uzinfocom, hat darauf hingewiesen, dass die Datenschutz­richtlinien der App den unten stehenden Umgang mit Daten einschließen können. Weitere Informationen findest du in den Datenschutzrichtlinien des Entwicklungsteams .

  • Keine Daten erfasst

    Der Entwickler erfasst keine Daten von dieser App.

    Die Datenschutzpraktiken variieren beispielsweise abhängig von den verwendeten Funktionen und von deinem Alter. Weitere Infos

    Der Entwickler hat noch nicht angegeben, welche Bedienungshilfen diese App unterstützt. Weitere Infos

    Größe
    • 121,1 MB
    Kategorie
    • Produktivität
    Kompatibilität
    Erfordert iOS 15.6 oder neuer.
    • iPhone
      Erfordert iOS 15.6 oder neuer.
    • iPad
      Erfordert iPadOS 15.6 oder neuer.
    • iPod touch
      Erfordert iOS 15.6 oder neuer.
    Sprachen
    • Englisch
    Altersfreigabe
    4+
    Anbieter
    Center UZINFOCOM SUE
    • Center UZINFOCOM SUE hat sich nicht als Händler für diese App ausgewiesen. Falls du Verbraucher:in im Europäischen Wirtschaftsraum bist, gelten die Verbraucherrechte nicht für Verträge zwischen dir und dem Anbieter.
    Copyright
    • © Uzinfocom