ebirja.uz

ファイナンス

無料 · iPadに対応しています。macOSでは検証されていません。

“Toshkent tovar xomashyo birjasi” Aksiyadorlik jamiyati 2023-yil 5-dekabrda yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Jamiyatga tovar-xom ashyo birja faoliyatini amalga oshirish uchun 2024-yil 15-maydagi 276260-sonli litsenziya taqdim etilgan. “Toshkent tovar xomashyo birjasi” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan qulay, ishonchli va shaffof savdo mexanizmiga asoslangan, ishtirokchilariga masofadan turib birja savdolarida qatnashish imkonini beruvchi, ishonchlilik, samaradorlik, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, tashqi aralashuvdan ishonchli himoya qilish, maxfiy ma’lumotlarni sir saqlash, harakatchan va funksional tizim mezonlariga mos keluvchi hamda birja savdolarini tartibga solish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq javob beruvchi “ebirja.uz - zamonaviy birja savdolari elektron tizimi” yaratilgan. Ushbu tizimda 2024-yil 28-avgustdan boshlab birja tovarlarini kechiktirmasdan yetkazib berishni nazarda tutuvchi “SPOT” hamda birja tovarlarini kechiktirib yetkazib berish sharti bilan “Forvard” turdagi oldi-sotdi bitimlari amalga oshirilib kelinmoqda. Jamiyat birja savdolari elektron tizimi O‘zbekiston Respublikasi birja qonunchiligining barcha talablariga javob beradi va o‘z mijozlariga birja savdolarining shaffof va lozim tarzda o‘tkazilishini to‘liq kafolatlaydi. ebirja.uz – birja savdolari elektron tizimi orqali barcha turdagi birja tovarlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-sonli “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 38 turdagi yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar savdosi bozor tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Jamiyat barcha birja ishtirokchilariga manfaat keltiruvchi elektron birja tovarlari bozoriga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Jamiyat missiyasi – barcha ishtirokchilar uchun doimiy ravishda birja savdolarida teng imkoniyatlarni ta’minlovchi va erkin bozor tamoyillari asosida harakatlanuvchi yagona tovarlar bozorini yaratish. Jamiyatning asosiy qadriyatlari: Innovatsiya – biz rivojlanish, yangiliklar yaratish va o‘zimizni takomillashtirish uchun innovatsion qarorlarni qo‘llab quvvatlaymiz. Ishga fidoiylik – birjaning rivoji uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiramiz, o‘zimizning professional kasbiy darajamizni oshirib boramiz; Jamoaviylik – o‘z maqsadimizga erishish uchun turli ko‘nikma, kasbiy bilim va tajribalarni almashish hamda ishonch, o‘zaro yordam va birdamlik asosida munosabatda bo‘lamiz; Aniqlik va ochiqlik – qoidalarimiz va jarayonlarimiz bozor ishtirokchilari uchun shaffof bo‘lishini ta’minlaymiz.

  • このアプリは、概要を表示するには評価件数やレビュー件数が不十分です。

- YBHR yuborish funksiyasi optimallashtirildi - Shartnomalarni yuklab olish optimallashtirildi - Navigatsiyalar yanada yahshilandi

デベロッパである“Dilshod Hamrayev”は、アプリのプライバシー慣行に、以下のデータの取り扱いが含まれる可能性があることを示しました。詳しくは、 デベロッパプライバシーポリシー を参照してください。

  • データの収集なし

    デベロッパはこのアプリからデータを収集しません。

    使用する機能や年齢などによって、プライバシー慣行が異なる場合があります。 詳しい情報

    デベロッパは、このアプリがサポートしているアクセシビリティ機能をまだ示していません。 詳しい情報

    販売元
    • Dilshod Hamrayev
    サイズ
    • 40.2 MB
    カテゴリ
    • ファイナンス
    互換性
    iOS 13.0以降が必要です。
    • iPhone
      iOS 13.0以降が必要です。
    • iPad
      iPadOS 13.0以降が必要です。
    • iPod touch
      iOS 13.0以降が必要です。
    • Mac
      macOS 11.0以降とApple M1以降のチップを搭載したMacが必要です。
    • Apple Vision
      visionOS 1.0以降が必要です。
    言語
    • 英語
    年齢制限
    18+
    著作権
    • © ebirja.uz