ebirja.uz
財經
免費 · 專為 iPad 設計。尚未針對 macOS 驗證。
“Toshkent tovar xomashyo birjasi” Aksiyadorlik jamiyati 2023-yil 5-dekabrda yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Jamiyatga tovar-xom ashyo birja faoliyatini amalga oshirish uchun 2024-yil 15-maydagi 276260-sonli litsenziya taqdim etilgan.
“Toshkent tovar xomashyo birjasi” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan qulay, ishonchli va shaffof savdo mexanizmiga asoslangan, ishtirokchilariga masofadan turib birja savdolarida qatnashish imkonini beruvchi, ishonchlilik, samaradorlik, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, tashqi aralashuvdan ishonchli himoya qilish, maxfiy ma’lumotlarni sir saqlash, harakatchan va funksional tizim mezonlariga mos keluvchi hamda birja savdolarini tartibga solish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq javob beruvchi “ebirja.uz - zamonaviy birja savdolari elektron tizimi” yaratilgan.
Ushbu tizimda 2024-yil 28-avgustdan boshlab birja tovarlarini kechiktirmasdan yetkazib berishni nazarda tutuvchi “SPOT” hamda birja tovarlarini kechiktirib yetkazib berish sharti bilan “Forvard” turdagi oldi-sotdi bitimlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Jamiyat birja savdolari elektron tizimi O‘zbekiston Respublikasi birja qonunchiligining barcha talablariga javob beradi va o‘z mijozlariga birja savdolarining shaffof va lozim tarzda o‘tkazilishini to‘liq kafolatlaydi.
ebirja.uz – birja savdolari elektron tizimi orqali barcha turdagi birja tovarlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-sonli “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 38 turdagi yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar savdosi bozor tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Jamiyat barcha birja ishtirokchilariga manfaat keltiruvchi elektron birja tovarlari bozoriga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Jamiyat missiyasi – barcha ishtirokchilar uchun doimiy ravishda birja savdolarida teng imkoniyatlarni ta’minlovchi va erkin bozor tamoyillari asosida harakatlanuvchi yagona tovarlar bozorini yaratish.
Jamiyatning asosiy qadriyatlari:
Innovatsiya – biz rivojlanish, yangiliklar yaratish va o‘zimizni takomillashtirish uchun innovatsion qarorlarni qo‘llab quvvatlaymiz.
Ishga fidoiylik – birjaning rivoji uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiramiz, o‘zimizning professional kasbiy darajamizni oshirib boramiz;
Jamoaviylik – o‘z maqsadimizga erishish uchun turli ko‘nikma, kasbiy bilim va tajribalarni almashish hamda ishonch, o‘zaro yordam va birdamlik asosida munosabatda bo‘lamiz;
Aniqlik va ochiqlik – qoidalarimiz va jarayonlarimiz bozor ishtirokchilari uchun shaffof bo‘lishini ta’minlaymiz.
評分與評論
- 此 App 尚未收到足夠的評分或評論,無法顯示概覽。
- Home sahifasida "Birja narxlari" yangicha ko'rinishga o'tkazildi
- Savdo vaqtlari va savdo seksiyalari yangicha ko'rinishga o'tkazildi
- Klient va Broker lar uchun "Maxsus savdolar" bo'limi joriy qilindi
- Tizim ishlashi yanada yahshilandi
開發者Dilshod Hamrayev指出App的隱私權實務可能包含下方描述的資料處理。如需更多資訊,請參閱 開發者的隱私權政策 。
不收集資料
開發者不會從這個 App 收集任何資料。
輔助使用
開發者尚未表示此 App 支援的輔助使用功能。 進一步瞭解
資訊
- 供應商
- Dilshod Hamrayev
- 大小
- 44.4 MB
- 類別
- 財經
- 相容性
需要 iOS 13.0 或以上版本。
- iPhone
需要 iOS 13.0 或以上版本。 - iPad
需要 iPadOS 13.0 或以上版本。 - iPod touch
需要 iOS 13.0 或以上版本。 - Mac
需要 macOS 11.0(或以上版本)以及配備 Apple M1(或以上版本)晶片的 Mac。 - Apple Vision
需要 visionOS 1.0 或以上版本。
- iPhone
- 語言
- 英文
- 年齡分級
18+
- 18+
- 包含
傳訊和聊天
- 版權
- © ebirja.uz
