Formula AI

Health & Fitness

Free · Designed for iPad. Not verified for macOS.

Formula — ozish va natijani saqlashga yordam beradigan, Doktor Feruz metodikasiga asoslangan ilova. Diyetani ko‘p marta boshlab, davom ettira olmagan bo‘lsangiz yoki ozgandan keyin vazn yana qaytgan bo‘lsa, gap faqat irodada emas. Formula qachon va nima sababdan ko‘proq yeb qo‘yayotganingizni tushunishga, odatlaringizni hayotingizga moslab o‘zgartirishga yordam beradi. Maqsad — yana bir qattiq diyetaga chidash emas, kundalik hayotda davom ettira oladigan ovqatlanish tartibini o‘rganish. • Darslar va kundalik vazifalar Video va audio darslar orqali ozish, ovqatlanish va odatlarni bosqichma-bosqich o‘rganasiz. Ochlik va shunchaki yegingiz kelishini farqlash, taomlarda me’yorni topish, rejadan chiqqandan keyin davom ettirish kabi vaziyatlarni ko‘rib chiqasiz. Amaliy vazifalar o‘rganganlaringizni hayotda qo‘llashga yordam beradi. • Savol tug‘ilganda — Ordinator «Kechqurun ko‘p yeb qo‘yyapman», «Shirinlikdan voz kechishim shartmi?», «Bugun rejadan chiqdim, endi nima qilaman?» — savollaringizni ilova ichidagi sun’iy intellekt yordamchisiga yozing. Ordinator ovqatlanish, darslar va odatlar haqida tushuntirish hamda amaliy yo‘l-yo‘riq beradi. • Ovqat kundaligi va AI kamera Nima va qancha yeganingizni qayd etib, kaloriya, oqsil, yog‘ va uglevod miqdorini kuzatasiz. Taomni suratga olib, uning taxminiy kaloriyasi va oziq moddalar miqdorini bilib olasiz. Bu raqamlar ovqatlanishingizni yaxshiroq tushunish uchun xizmat qiladi. • Vazn, qadam, suv va odatlar Kundalik qaydlaringiz bir joyda. Haftalik, oylik va yillik grafiklar orqali o‘zgarishlarni kuzatib borasiz. Ruxsatingiz bilan Apple Health’dagi qadamlar ma’lumoti Formula bilan sinxronlanadi. • O‘zbek tilida, o‘z hayotimizga mos Oilaviy dasturxon, mehmondorchilik, «yana oling» degan takliflar — Formula’da o‘zimizga tanish vaziyatlar hisobga olingan. Doktor Feruzning «Ongli ozish» dasturidagi yondashuv asosida qancha yeyishni bilish bilan birga, kundalik hayotda me’yorni qanday saqlashni ham o‘rganasiz. Bir kun rejadan chiqish hammasini tashlab qo‘yish uchun sabab bo‘lmasin. Keyingi qadamingizdan davom eting. Ilovadan foydalanish pullik. Tarif narxi, muddati va foydalanish shartlari xarid qilishdan oldin ko‘rsatiladi. Formula kattalar uchun ta’lim va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan. Ilova va Ordinator tashxis qo‘ymaydi, dori buyurmaydi va shifokor o‘rnini bosmaydi. Sog‘lig‘ingizga oid qarorlarni shifokor bilan maslahatlashib qabul qiling.

  • This app hasn’t received enough ratings or reviews to display an overview.

O'lchovlar sahifasida ozish va vazn saqlash tugmalari ishlashini togirlash Kameradagi AI modelini to'g'irlash Suv hajmini custom kiritishni togirlash Ozish oraligi va zonasi qismini togirlash Darslarni ochishdagi muamomlar ustida ishlandi

The developer, UDEVS, MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI, indicated that the app’s privacy practices may include handling of data as described below. For more information, see the developer’s privacy policy .

  • Data Not Linked to You

    The following data may be collected but it is not linked to your identity:

    • Health & Fitness
    • Contact Info
    • Diagnostics

Privacy practices may vary, for example, based on the features you use or your age. Learn More

The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More

Seller
UDEVS, MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI
Size
125.5 MB
Category
Health & Fitness
Compatibility
Requires iOS 15.0 or later.
  • iPhone
    Requires iOS 15.0 or later.
  • iPad
    Requires iPadOS 15.0 or later.
  • iPod touch
    Requires iOS 15.0 or later.
  • Mac
    Requires macOS 12.0 or later and a Mac with Apple M1 chip or later.
  • Apple Vision
    Requires visionOS 1.0 or later.
Languages
English and 2 more
  • English, Russian, Uzbek
Age Rating
18+
  • 18+
  • Contains
    Unrestricted Web Access
    Health or Wellness Topics
Copyright
© Udevs IO