Dunno: narxlar va chegirma
Narxlarni solishtiring
Only for iPhone
Free · Designed for iPhone. Not verified for macOS.
iPhone
Bitta ilovada O'zbekistondagi onlayn do'konlar narxlarini solishtiring, narx tarixini ko'ring va xariddan oldin qayerda arzonroq ekanini biling.
Bitta mahsulot — har do'konda har xil narx. Dunno o'sha narxlarni yonma-yon qo'yadi, shunda siz sotib olishdan oldin qayerda arzonroq ekanini ko'rasiz.
NIMA QILA OLASIZ
• Qidiruv va kategoriyalar — kerakli mahsulotni toping va uni sotayotgan do'konlar narxini bitta ekranda ko'ring.
• Narxlar tarixi — narx haqiqatan tushganini yoki avval ko'tarilganini grafikdan tekshiring.
• Chegirmalar — bugungi tushgan narxlar va takliflar bir joyda.
• Saqlangan mahsulotlar — kuzatmoqchi bo'lgan narsalarni ro'yxatga qo'shing.
• AI yordamchi — nima sotib olishni bilmasangiz, oddiy til bilan so'rang: byudjet, ehtiyoj yoki taqqoslash bo'yicha yordam beradi.
• Bildirishnomalar — yangiliklar va takliflar ilova ichidagi bo'limda to'planadi.
QAYSI DO'KONLAR
Uzum Market, Mediapark, OpenShop, Idea, Asaxiy, Texnomart, Olcha va Yandex Market.
Dunno bu do'konlar bilan hamkor emas, ular tomonidan tasdiqlanmagan va ularga aloqador emas. Biz do'konlarning ochiq e'lonlaridagi narxlarni yig'amiz.
HALOL TAQQOSLASH
Narx takliflari va taqqoslash natijalari hech qachon pul evaziga joylashtirilmaydi, reklama sifatida ko'tarilmaydi va pul uchun qayta tartiblanmaydi. Hech bir do'kon ro'yxatda o'ziga yaxshiroq o'rinni sotib ola olmaydi. Ilova ichida banner reklamalar bo'lishi mumkin, lekin ular narxlar ro'yxatiga ta'sir qilmaydi.
DUNNO NIMA EMAS
Dunno — do'kon emas. Biz hech narsa sotmaymiz, to'lov qabul qilmaymiz, yetkazib bermaymiz va qaytarishni rasmiylashtirmaymiz. Xarid do'konning o'z saytida, o'sha do'kon shartlari asosida amalga oshiriladi. Narx va mavjudlik do'kon sahifasida o'zgargan bo'lishi mumkin — sotib olishdan oldin tekshiring.
BEPUL VA RO'YXATSIZ
Mahsulotlarni ko'rish, qidirish va narxlarni taqqoslash uchun hisob ochish shart emas. Tizimga kirish faqat ikki narsa uchun kerak: AI yordamchisi va mahsulotlarni saqlab qo'yish. Kirish Apple yoki Google orqali.
Savol yoki taklif: support@dunno.uz
Ratings & Reviews
- This app hasn’t received enough ratings or reviews to display an overview.
Yangi qidiruv tizimi - endi Suniy Idrok bilan!
- Siz uchun tanlangan mahsulotlar
- Ommabop turkumlar va brendlar bir joyda
- Bannerni bosing - barcha mahsulotlar ro'yxati ochiladi
- Video bannerlar bilan jonli ko'rinish
- Yaqinda ko'rilgan va saqlangan takliflar qo'l ostida
Shuningdek: lentani yangilash va mahsulotlarni filtrlashdagi xatolar tuzatildi, ilova hajmi kichraytirildi.
The developer, Sevara Bekmatova, indicated that the app’s privacy practices may include handling of data as described below. For more information, see the developer’s privacy policy .
Data Linked to You
The following data may be collected and linked to your identity:
- Contact Info
- User Content
- Search History
- Identifiers
- Usage Data
- Diagnostics
- Other Data
Accessibility
The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More
Information
- Seller
- Sevara Bekmatova
- Size
- 49.2 MB
- Category
- Shopping
- Compatibility
Requires iOS 15.0 or later.
- iPhone
Requires iOS 15.0 or later. - iPod touch
Requires iOS 15.0 or later. - Mac
Requires macOS 12.0 or later and a Mac with Apple M1 chip or later. - Apple Vision
Requires visionOS 1.0 or later.
- iPhone
- Languages
- English
- Age Rating
4+
- 4+
- Contains
Advertising
- Copyright
- © 2026 Dunno.uz
