So'z o'yini 2027: So'zgir
Do'stlar bilan jonli bahs
Free · Designed for iPad. Not verified for macOS.
So‘zgir — o‘zbek tilidagi so‘z o‘yinlari ilovasi. Ichida So‘ztop (so‘z topish o‘yini) va Yangso‘z modullari bor. Yashirin so‘zni belgilangan
urinishda toping: har taxmindan keyin kataklar rangi sizni javobga
yaqinlashtiradi.
QOIDA JUDA ODDIY
• Yashil — harf to‘g‘ri joyda
• Sariq — harf so‘zda bor, lekin boshqa joyda
• Kulrang — harf so‘zda yo‘q
O‘ZBEK ALIFBOSI TO‘G‘RI ISHLAYDI
SH, CH, O‘ va G‘ — bitta harf, ya‘ni bitta katakcha. Klaviatura ham
o‘zbekcha: tutuq belgisi ham joyida.
REJIMLAR
• Kunlik o‘yin — kuniga bitta so‘z, butun O‘zbekistonda bir xil
• Cheksiz — xohlagancha mashq qiling, 4 dan 7 harfgacha
• Kategoriya — mavzu tanlab o‘ynang: tabiat, taom, hayvonlar va boshqalar
BALL VA REYTING
Har topilgan so‘z uchun ball beriladi: qancha kam urinishda topsangiz,
shuncha ko‘p. Kunlik reyting bugungi ball bo‘yicha, umumiy reyting esa
jamlangan ball bo‘yicha tuziladi.
QO‘SHIMCHA IMKONIYATLAR
• Statistika: o‘yin soni, g‘alaba foizi, ketma-ket kunlar (streak)
• Topgan so‘zlaringiz ro‘yxati — sanasi va olingan bali bilan
• Yordam: yashirin so‘zning mavzusini ko‘rsatadi
• Qattiq rejim: ochilgan harflarni keyingi taxminlarda ishlatish shart
• Tungi rejim va tebranishni sozlash
• Natijani spoylersiz ulashish
INTERNETSIZ HAM ISHLAYDI
Lug‘at ilova bilan birga keladi, shuning uchun o‘yin internetsiz ham
ochiladi. Aloqa paydo bo‘lganda yangi so‘zlar o‘zi yuklanadi.
HISOB IXTIYORIY
Mehmon sifatida darhol o‘ynay olasiz. Hisob ochsangiz natijalaringiz
saqlanadi va boshqa telefondan ham kirish mumkin bo‘ladi.
more Haqiqiy odamlar bilan o’ynab bo’lmaydi. Hammasi sohta, AI botlar. Bir xil odam bilan tushaveradi. Reytinga qarab raqib tanlab bo’lmaydi. Juda sust, masulyatsiz app.
Haqiqiy odamlar bilan o’ynab bo’lmaydi. Hammasi sohta, AI botlar. Bir xil odam bilan tushaveradi. Reytinga qarab raqib tanlab bo’lmaydi. Juda sust, masulyatsiz app.
Ilova yanada yaxshilandi
3.0.9 1d ago
Kamchiliklar bartaraf etildi
3.0.8 3d ago
G'unchada endi qisqa so'zlar ham hisoblanadi — ikki va uch
harflisi ham. Lug'atga 800 dan ortiq shunday so'z qo'shildi.
Turnir yakuni alohida ekranda: kim nima yutgani bir qarashda
ko'rinadi.
Lug'at qabul qilmagan so'zlaringiz o'yin oxirida ro'yxat
bo'lib chiqadi — haqiqatan bor deb bilganini o'zingiz
yuborasiz.
3.0.7 4d ago
Ilova yanada yaxshilandi
3.0.5 5d ago
Lug‘at holati endi ko‘rinib turadi — bosh ekranning tepasida.
• Belgiga bossangiz: lug‘at qachon tekshirilgani, versiyasi va «Yangilash» tugmasi.
• Bildirishnomalar ikki tabga bo‘lindi — Xabarlar va Ko‘rishlar.
• G‘uncha yakunidagi ro‘yxatdan so‘z haqida darrov xabar berasiz.
• G‘uncha jangida raqibingiz topgan so‘zlarning hammasi ko‘rinadi.
• Reklamani o‘tkazib yuborish hamma joyda 3 kalit — narx bir xil bo‘ldi.
• Qisqa xabarlar endi ovoz va tebranish bilan.
3.0.3 5d ago
Ilova ishlashi yaxshilandi. Tushunganingiz uchun rahmat
3.3.1 6d ago
Ovoz qo‘shildi — harf, g‘alaba va aqcha endi eshitiladi.
• Ovozni xohlasangiz Sozlamalardan o‘chirasiz.
• Reyting yangilandi: birinchi uchlik pog‘onada turadi, jadval «Bugun» bilan ochiladi.
• Pastki menyu qayta tuzildi — O‘ynash, Bonuslar va Reyting har biri o‘z sahifasida.
• Parolni endi ilovaning o‘zida almashtirasiz: Profil → Hisob.
• Internet uzilsa oflayn rejim ochiladi: kunlik so‘z va yakka o‘yinlar joyida.
2.2.6 Oct 19
Telefon raqamga ro‘yxatdan o‘tish hamma operator kodlari bilan ishlaydi.
Jarchida post havolasini yuborish ikki qadamga qisqardi, havolani bir bosishda joylaysiz.
2.2.4 Oct 14
Turnir yangilandi: endi uchinchi o'ringa ham ustama beriladi, har turnir uch daqiqada o'zi boshlanadi, qatnashchilar bir qarashda ko'rinadi.
2.2.1 Oct 12
Turnir — yangi bo‘lim. Sakkizdan o‘ttiz ikki kishigacha bitta turnirda o‘ynaydi: har davrada o‘zingizga teng ochkodagilar bilan, chiqarib yuborishsiz, oxirida esa final. G‘olibga aqcha beriladi.
Tezkor turnirga uch daqiqada qo‘shilasiz yoki o‘zingiznikini ochib, havolani do‘stlaringizga tashlaysiz. Bosh ekranda hozir yig‘ilayotgan turnirlar ko‘rinib turadi.
2.1.5 Oct 10
So'zTop — endi o'z so'zingizni yashirib, havolasini do'stlaringizga tashlaysiz. Kim necha urinishda topganini statistikada ko'rib turasiz, so'zingiz topilganda xabar keladi.
Jarchi — do'st taklif qiling, ikkalangiz ham mukofot olasiz.
G'uncha jangida hisob aniqlashdi: aloqa uzilganda yo'qolgan so'z endi qayta yuboriladi, ball o'yin davomida va yakunda bir xil bo'ladi.
2.1.4 Oct 10
• Profil sahifasi tartibga tushdi. Asosiysi — nishonlar va homiylik darajasi — tepada qoldi; aqcha tarixi, topilgan so'zlar, oy yakuni va murojaatlar «Yozuvlarim» bo'limiga yig'ildi.
• So'zjang. Band bo'lsangiz — chaqiruv ham, tezkor qidiruv ham o'sha jangingizga olib boradi. G'olibni endi vaqt aniqlaydi, jang 4 va 5 harfli so'zlarda bo'ladi.
• Mayda tuzatishlar va tezlik.
2.1.3 Oct 5
Yangi:
• Oy sarhisobi — oylik natijangiz kartochkada, hikoyaga ulashiladi
• Liga o'rni bosh ekranda, hafta yakuni o'zi keladi
• «Ikkimiz o'rtamizda» — raqib bilan umumiy hisob
• Ochiq profilda do'stlar ro'yxati
Jang hisobi soddalashdi: g'alaba +3, durang +1, mag'lubiyat −3 aqcha — natija raqibga bog'liq emas.
Tuzatildi: kunlik jadvaldagi tartib; qayta o'rnatilganda nishonlar tiklanadi; g'unchada faqat o'zak hisoblanadi; klaviatura chizilmay qolardi.
2.1.2 Oct 3
O'yin davomida skrinshot olib bo'lmaydi: so'z ochiq turganda kadr tayyor javobga aylanardi.
Jang jadvalida endi bitta son — aqcha. Ikkita sondan qaysi biri nima ekani chalkashtirmaydi.
Shikoyat oynasida klaviatura «Yuborish» tugmasini yopib qo'ymaydi.
2.1.1 Oct 2
Endi o‘z klaviaturangiz bilan o‘ynaysiz.
• Ilova tugmalari o‘rniga qurilma klaviaturasi: T9, svayp, ovozli kiritish. Kunlik so‘zda hammaga mavjud.
• Ketma-ketlik tuzatildi: o‘tkazib yuborilgan kun endi butun tarixni o‘chirmaydi.
• Lug‘atga takliflardan kelgan so‘zlar qo‘shildi.
Haftalik liga boshlandi.
• Har dushanba tasodifiy o‘nta o‘yinchi bilan bitta guruhga tushasiz. Tepadagilar yuqori ligaga ko‘tariladi, pastdagilar tushadi — Chopardan Alpgacha o‘nta pog‘ona.
• Guruhning birinchi uch o‘rni kalit yutadi.
• Kunlik xirmon: har kungi ish ball yig‘adi va yangi nishonlar ochadi.
• Do‘stlar jadvali va kesimi — kim nimada oldinda.
• Yangso‘z g‘olibiga bosh ekranda tabrik, g‘olib so‘zlar arxivi esa turnirsiz kunlarda ham ochiladi.
2.0.2 Oct 1
Kamchiliklar bartaraf etildi
2.0.1 Sep 30
Profilingizni ko'rganlar — endi shunchaki ro'yxat emas
• Sizni ko'rganlarning jinsi va o'rtacha yoshi
• Necha kishi qaytib kelgan va so'nggi 7 kunda qancha ochilgan
• Eng ko'p ochganlar uchligi — umumiy va shu haftalik
Yangso'z tushunarliroq bo'ldi
• Taklifingiz rad etilsa moderator izohi ko'rinadi — sababini bilib,
tuzatib qayta yuborasiz
• Taklifingiz qancha ovoz yig'gani darrov ko'rinib turadi
• Ovoz berishda yana nechta qolgani va nechtasiga ovoz berganingiz yoziladi
• Tasdiqlangan va rad etilgan takliflar endi rang bilan birga belgi
bilan ham ajratiladi
Ko'rinish
• «Bugunning eng zo'ri» kartochkasi yangilandi: 1-o'rin darhol ko'zga
tashlanadi
• Bosh ekran soddalashtirildi — ortiqcha yo'lboshchi olib tashlandi
• Sonlar hamma joyda bir xil yoziladi: avval son, keyin tanga belgisi
Kichik tuzatishlar.
1.5.1 Sep 27
Yangi so'z taklifi. «Murojaatlarim» bo'limidagi «+» tugmasi orqali lug'atda yo'q so'zni ta'rifi bilan taklif qiling. Moderator uni lug'atga qo'shsa — sizga 3 aqcha.
Jang natijasini ulashish. So'zjang va G'uncha jangining natijasi endi chiroyli rasm bo'lib chiqadi.
Yangso'z bosh ekranda. Haftaning tushunchasi, qolgan kunlar va sovrin — turnir ochiq bo'lganda kartochka bo'lib ko'rinadi.
Profilni ulashish. O'z profilingiz havolasini do'stlaringizga yuboring.
Profil ko'rishlari aniqroq. Har bir ochilish alohida qator bo'lib, o'z vaqti bilan turadi.
Takroriy nishon. Bir nishonni qayta olsangiz, tabrik «nechanchi marta» ekanini aytadi.
Shuningdek: mayda tuzatishlar va barqarorlik.
1.5.0 Sep 21
Do‘stlar qo‘shildi: profildan do‘stlik so‘rovi yuborasiz, javobdan keyin jangga chaqirasiz. Notanish odamdan chaqiruv kelmaydi.
• Bildirishnomalar — so‘rov, rozilik va chaqiruv bir joyda.
• Yangi nishon olsangiz tabrik oynasi chiqadi.
• Kunlik so‘zlar arxivi: o‘tkazib yuborgan 30 kunni o‘ynang.
• G‘unchada yordam: qolgan so‘zlar shakli, so‘ng bitta ta’rif.
• G‘uncha jangi uch soniyalik sanoq bilan boshlanadi.
• Darajalar zinapoyasi uzaydi: Alpgacha yo‘l ancha uzun.
1.4.3 Sep 20
Unvonlar keldi
• 20 ta unvon — kunlik seriya, topilgan so‘zlar, jang g‘alabalari va boshqa yutuqlar uchun. Har biri bir marta olinadi va qaytib olinmaydi: seriya uzilsa ham, reyting tushsa ham o‘zingizda qoladi.
• Har unvonning o‘z nishonchasi, nomining ma’nosi va qanday olinishi yozilgan. Olinmaganlarida esa qancha qolgani ko‘rinib turadi.
• Olingan unvonni rasm qilib ulashish mumkin — kunlik natija kabi.
• Olingan unvonlaringiz profilda turadi.
Tuzatildi: kunlik o‘yin tugagach olingan aqcha ekranda haqiqiysidan ko‘p ko‘rsatilardi. Hisobingizga to‘g‘ri yozilgan — faqat yozuv noto‘g‘ri edi.
1.4.2 Sep 19
• Boylik: aqcha va o‘lja endi bitta songa yig‘iladi
• Reyting «Bugun · Boylik · O‘lja» bo‘limlariga bo‘lindi
• Profildan g‘uncha jangiga ham chaqirish mumkin
• Topilmay qolgan so‘zni jang tugagach ochish mumkin
• Lug‘at kengaydi: 577 ta yangi yashirin so‘z
• Profil rasmlari aniq ko‘rinadi
• Taslim bo‘lgan odam endi raqibni kutmaydi
• Ball hisobi va jang yozuvidagi xatolar tuzatildi
1.4.1 Sep 19
Ballaringiz endi AQCHA deb ataladi: 1 aqcha = 10 ball. Hisobingiz o'nga bo'lindi — hech narsa yo'qolmadi, faqat son qisqardi.
• Onlayn jangdagi reyting — O'LJA. Uni raqibingizdan olasiz: 1 o'lja = 2 reyting balli.
• Darajalar o'nta bo'ldi: Chopardan Alpgacha, har biriga o'z nishoni.
• Kunlik so'z 20 aqchagacha beradi; yakka o'yinda esa qancha urinish qolsa, shuncha aqcha.
• Yordam olsangiz shift tushadi: 8 → 6 → 4 aqcha.
• Bosh ekran tezroq ochiladi.
1.4.0 Sep 18
• So'zjangda mavzuni ochish uchun reklama ko'rish olib tashlandi — jang endi reklamasiz.
• Profildagi «Jangga chaqirish» tugmasi: raqibni So'zjangga ham, G'unchaga ham chaqirish mumkin — qaysi o'yinga ekani tugmadan keyin tanlanadi.
1.3.7 Sep 18
So‘zgir 1.3.6
• Do‘stni jangga chaqirish endi tanlov bilan: profildagi «Jangga chaqirish» tugmasi So‘zjang yoki G‘uncha jangini taklif qiladi. Raqibga qaysi o‘yinga chaqirilgani ko‘rinadi va qabul qilgach ikkalangizga ham o‘sha o‘yin ochiladi.
• Topolmay qolgan so‘z natija ekranida xira turadi — uni reklama ko‘rib ochish mumkin. Ball va statistikaga ta’sir qilmaydi.
1.3.6 Sep 17
Lug'at
• Lug'at tozalandi: manbada tasdig'i yo'q so'zlar olib tashlandi,
qabul qilinadigan so'zlar 76 500 dan 54 000 ga tushdi. G'unchada
«iini», «inin» kabi so'z bo'lmagan yozuvlar ham o'tib ketayotgan
edi. Javob so'zlarga tegilmadi.
Bosh ekran
• Tezkor jang tugmasi qo'shildi: har besh soniyada «Tezkor So'zjang»
va «Tezkor G'uncha» bo'lib almashadi, bitta bosishda raqib
qidiriladi.
• Kun boshida ilova ochilganda kunlik o'yin o'zi ochiladi.
• Mehmonda ism ostidagi ball qatori endi chiqmaydi.
Ball va jadvallar
• Ball jadvallari muzlab qolmaydi, bugungi ball shishmaydi.
• G'uncha maydonida o'z kartochkangizda ham topilgan so'z soni turadi.
• Qasos qabul qilinganda tugagan g'uncha jangi ekranda qolib
ketmaydi.
1.3.5 Sep 16
Ilova yanada yaxshilandi
more Version 3.0.9 1d ago
Data Used to Track You The following data may be used to track you across apps and websites owned by other companies:
Data Linked to You The following data may be collected and linked to your identity:
Data Not Linked to You The following data may be collected but it is not linked to your identity: