Voltchi

Elektriklar uchun hisob-kitob

Free · Designed for iPad. Not verified for macOS.

Elektriklar uchun hisob-kitob va smeta: kabel, avtomat, щit, AI reja Voltchi - elektriklar va quruvchilar uchun to'liq hisob-kitob ilovasi. Xonadon yoki ofis elektrikasini bir necha qadamda hisoblab, kabel, avtomat, UZO va shit tarkibini aniqlaydi hamda mijozga beriladigan smetani tayyorlab beradi. QANDAY ISHLAYDI Hisoblash 8 ta oddiy qadamdan iborat: 1. Reja rasmi (ixtiyoriy) - chizmani suratga oling 2. Maydon (m2) 3. Shift balandligi 4. Xonalar soni va turlari 5. Rozetkalar 6. Elektr istemolchilari 7. Montaj turi 8. Tayyor natija Har bir qadam sodda: raqamni kiriting yoki "+" va "-" tugmalari bilan tanlang. Hisob-kitob telefoningizning o'zida bajariladi. AI - REJA RASMIDAN Kvartira yoki uy chizmasini suratga olib yuklang: sun'iy intellekt rejani oqib, xonalarni va taxminiy maydonni avtomatik aniqlaydi. Qo'lda kiritishni xohlasangiz, bu qadamni o'tkazib yuborishingiz mumkin. NATIJADA NIMA CHIQADI * Kabellar - kesim bo'yicha guruhlangan ro'yxat (NYM 3x1.5 dan 3x10 mm2 gacha) va har birining uzunligi * Jami kabel uzunligi (metr) * Avtomatlar - nominal toki va soni bilan * UZO va difavtomatlar - zonalar bo'yicha * Kirish avtomati - amper * Shit o'lchami - necha modul kerakligi * Chiqish quvvati (kVt) va taxminiy oylik istemol (kVt-s) * Har bir liniya bo'yicha batafsil hisob SMETA - MATERIAL VA ISH HAQI Hisob natijasidan mijozga beriladigan taxminiy smeta tuziladi: kabel, avtomat, UZO, shit, rozetka va boshqa materiallar miqdori, narxi va ish haqi taxmini. Umumiy summa darhol ko'rinadi. MONTAJ TURLARI Standart, Yevro, Premium va Smart - to'rt xil montaj darajasi. Har biri kabel kesimi, himoya qurilmalari va shit tarkibiga ta'sir qiladi. Variantlarni yonma-yon solishtirib, mijozga mos keladiganini tanlang. QOSHIMCHA ASBOBLAR * Stabilizator kalkulyatori - kerakli quvvatni tanlash * Mahsulotlar - kabel, avtomat va boshqa jihozlar ma'lumotnomasi * Yo'riqnoma - elektrik uchun qisqa qo'llanma LOYIHA VA MIJOZLAR Har bir hisobni nom bilan saqlang, loyihalarga va mijozlarga biriktiring. Barcha hisoblar tarixda qoladi - istalgan vaqtda ochib ko'rish, tahrirlash yoki qaytadan hisoblash mumkin. PDF VA EXCEL Tayyor hisobni PDF yoki Excel ko'rinishida yuklab oling va mijozga Telegram, pochta yoki istalgan ilova orqali yuboring. KIRISH Ilovadan ro'yxatdan o'tmasdan ham foydalanishingiz mumkin - hisoblash mehmon sifatida ishlaydi. Hisoblarni saqlash, loyihalar va hisobot yuklab olish uchun Telegram orqali bir marta kiring. TIL Ilova to'liq o'zbek va rus tillarida. KIMLAR UCHUN * Elektrik ustalar - mijozga tez va aniq javob berish uchun * Prorab va quruvchilar - obyekt bo'yicha material hisobi * Uy egalari - ta'mirdan oldin taxminiy xarajatni bilish uchun * Talabalar va yangi boshlovchilar - o'rganish uchun MUHIM Ilova beradigan natija va smeta taxminiy bo'lib, dastlabki hisob va mijozga taklif tayyorlash uchun mo'ljallangan. Yakuniy loyiha va montaj ishlari malakali mutaxassis tomonidan, amaldagi normalar asosida tasdiqlanishi shart. Savol va takliflar uchun ilovadagi "Sozlamalar" bo'limiga murojaat qiling.

  • This app hasn’t received enough ratings or reviews to display an overview.

The developer, Shohruh Azimov, indicated that the app’s privacy practices may include handling of data as described below. For more information, see the developer’s privacy policy .

  • Data Not Collected

    The developer does not collect any data from this app.

    Privacy practices may vary, for example, based on the features you use or your age. Learn More

    The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More

    Seller
    Shohruh Azimov
    Size
    42.6 MB
    Category
    Productivity
    Compatibility
    Requires iOS 16.4 or later.
    • iPhone
      Requires iOS 16.4 or later.
    • iPad
      Requires iPadOS 16.4 or later.
    • Mac
      Requires macOS 12.0 or later and a Mac with Apple M1 chip or later.
    • Apple Vision
      Requires visionOS 1.0 or later.
    Languages
    English
    Age Rating
    4+
    Copyright
    © Voltchi