Avtodrom 3D - Uzbekistan

YHQ testi va 3D avtodrom

Free · Designed for iPad. Not verified for macOS.

Yo‘l-yo‘riqli o‘quv imtihon, yangi kamera va mashina hissi, seriya va kunlik bak. 1 085 savol, 54 bilet, 293 belgi, 12 mashq. Bepul Avtodrom 3D — O‘zbekistonda B toifa haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorgarlik ilovasi. Imtihonning ikkala qismi bitta ilovada: yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha nazariy test va avtomatlashtirilgan avtodromning 3D simulyatori. Interfeys o‘zbek, rus va ingliz tillarida. NAZARIY TEST (YHQ) • 1 085 savol, 26 mavzu, 546 tasi rasm va sxema bilan • Savollar 2022-yilgi Yo‘l harakati qoidalari (VM 172-son qarori) matni asosida tuzilgan; har bir javobda tushuntirish va Qoidalar bandiga havola bor • Imtihon rejimi xuddi imtihon markazidagidek: 20 savol, 25 daqiqa, 18 to‘g‘ri javob — o‘tdi, uchinchi xato imtihonni to‘xtatadi • 54 bilet, mavzular bo‘yicha mashq, aqlli mashq (avval xatolaringiz, keyin takrorlash, so‘ng yangi savollar), xatolar ro‘yxati, marafon • 293 yo‘l belgisi 7 guruhda, kod yoki nom bo‘yicha qidiruv; nomlar va ma’nolar Qoidalarning 1-ilovasidan • Belgilar kartochkalari: belgini ko‘ring, ag‘daring, bilsangiz o‘ngga suring — bilinmagan belgi qayta keladi • Tayyorlik halqasi, kunlik maqsad, ketma-ket kunlar va urinishlar tarixi 3D AVTODROM • Maydon IIV 3494-son buyrug‘i (2024) sxemalari bo‘yicha qurilgan: ilon izi, boks, 12% estakada va parallel parkovka joyi rasmiy o‘lchamlarda • 12 ta mashq imtihondagi tartibda: start, piyodalar o‘tish joyi, estakada, 90° burilishlar, svetoforli chorraha, ilon izi, boks, temir yo‘l kesishmasi, tezlashish bo‘lagi, avariya holatda to‘xtash, parallel parkovka, finish • Imtihon: 12 mashq, 25 daqiqa, rasmiy jarima ballari — 100 ballda imtihon to‘xtaydi • Mashqlar: har birini alohida, bosqichma-bosqich ko‘rsatma va ideal yo‘l chizig‘i bilan • Namunaviy imtihon: avtopilot butun yo‘nalishni xatosiz o‘tadi, siz kuzatasiz • Imtihon qo‘llanmasi: imtihon tartibi, jarima jadvali, keng tarqalgan xatolar • Erkin haydash — ballarsiz mashq HAQIQIY BOSHQARUV • Chap bosh barmoq: rul, burilish ishoralari, ilashish. O‘ng bosh barmoq: pedallar, H-sxemali uzatmalar richagi, qo‘l tormozi • Ilashishning tutish nuqtasi bor: dvigatel o‘chib qolishi mumkin, estakadada avtomobil orqaga ketadi • 5 pog‘onali mexanika; o‘rganish uchun avtomat ham bor (haqiqiy imtihon faqat mexanikada) • Rul: g‘ildirak, qurilmani egish yoki tugmalar; sezgirlik sozlanadi; geympad va klaviatura ham ishlaydi • 3 kamera: orqadan, kapotdan va yuqoridan • Haqiqiy avtomobildan yozib olingan dvigatel ovozi va titrash GARAJ • Imtihon avtomobili Chevrolet Nexia 3 — bepul • Yana 5 ta avtomobil: Spark, Nexia 2, Cobalt, Onix va Nexia 2 Street — reklama ko‘rib ochiladi, 10 xil rang BEPUL Har bir haydash va har bir test bitta bak yoqilg‘i sarflaydi. Sizda 3 tagacha bak bo‘ladi, bak har soatda to‘ladi, reklama ko‘rib darhol olish ham mumkin. Avtopilot namoyishlari va kartochkalar bepul. Norasmiy o‘quv simulyatori. Ichki ishlar vazirligi va imtihon markazlariga aloqador emas. Har bir imtihon markazining yo‘nalishi alohida tasdiqlanadi, shuning uchun tafsilotlar farq qilishi mumkin.

  • 3.7
    out of 5
    3 Ratings

2.0 — katta yangilanish. • O‘quv imtihon: butun marshrut yo‘l-yo‘riq bilan; istalgan mashqdan boshlang, istalganini qaytadan bajaring • Yangi kamera va mashina hissi: aks va soya, kuzov tebranishi, bordyur va o‘tda titrash va tovush • Seriya tugatilgan mashg‘ulotlar bo‘yicha sanaladi; haftasiga bir o‘tkazib yuborish kechiriladi • Kunning birinchi g‘alabasi — bonus bak • Kechki eslatma (xohlasangiz) va imtihon sanasi • Natija ekranida keyingi mashq; qiyin mashqlar belgilangan; takror xatodan keyin yordam • Imtihon: shaxsiy rekord va qayerga yetib borganingiz • Nazariya: javobsiz savollar xato sanalmaydi • Vertikal ilova: Asosiy, Avtodrom, Nazariya; qisqa tanishuv va birinchi haydash • Mashqlar uchun yulduzlar

The developer, Farkhod Yuldashev, indicated that the app’s privacy practices may include handling of data as described below. For more information, see the developer’s privacy policy .

  • Data Used to Track You

    The following data may be used to track you across apps and websites owned by other companies:

    • Identifiers
  • Data Not Linked to You

    The following data may be collected but it is not linked to your identity:

    • Location
    • Identifiers
    • Usage Data
    • Diagnostics

Privacy practices may vary, for example, based on the features you use or your age. Learn More

The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More

Seller
Farkhod Yuldashev
Size
52.9 MB
Category
Education
Compatibility
Requires iOS 18.0 or later.
  • iPhone
    Requires iOS 18.0 or later.
  • iPad
    Requires iPadOS 18.0 or later.
  • Mac
    Requires macOS 15.0 or later and a Mac with Apple M1 chip or later.
  • Apple Vision
    Requires visionOS 2.0 or later.
Languages
English and 2 more
  • English, Russian, Uzbek
Age Rating
4+
Copyright
© Avtodrom 3D