Wisdom lug'ati: English-Uzbek
Next level Eng-Uzb Dictionary!
Free
Ko'pchilik lug'atni shunchaki so'zlarni tarjima qiluvchi vosita deb hisoblaydi. Wisdom lug'ati esa odatdagi lug'at haqidagi tushunchalaringizni o'zgartiradi va tez orada Ingliz tili o'rganish jarayoningizning ajralmas qismiga aylanadi.
Wisdom lug'ati siz kutgandan ko'ra ko'prog'ini taklif etadi:
120 000 dan ziyod so'z va iboralar
Wisdom lug'atida amaldagi mavjud so'zlardan tortib, muayyan sohaga oid 70 000 dan ziyod Inglizcha va 50 000 dan ortiq O'zbekcha so'z va iboralarni o'z ichiga olgan, O'zbekistondagi eng ko'p so'z va iboralarga ega bo'lgan yagona lug'at hisoblanadi.
Ishonchlilik
Ko'p mavjud lug'atlardagi so'z tarjimalari va tasniflari so'zning asl ma'nosiga unchalik ham to'g'ri kelavermaydi. Wisdom lug'atida esa besh yil davomida har bir so'z tarjimasi Oxford, MacMillan, Collins, Cambridge va Longman kabi ishonchli lug'atlardan foydalanib alohida yondashilgan holda, e'tibor bilan tarjima qilingan.
Yangicha O'zbekcha-Inglizcha!
Bu hususiyat bizning faxrimiz hisoblanadi. O'zbekcha so'zlarning Inglizcha ma'nolar hech qachon bunchalik aniqlik va osonlik bilan tarjima qilinmagan. E'tiborga loyiq tomoni shundaki, siz nafaqat so'zlarni (misol uchun non) balkim so'z birikmalarini (non yopmoq, non idish, non ushoq...), va hattoki muayyan ibora va jumlalarni (nonini yarimta qilmoq, og'zidan nonini olib qo'ymoq kabilarni) ham qidirishingiz mumkin. Bunday o'zgacha, ajoyib imkoniyatni sizga faqat Wisdom lug'atigina taqdim eta oladi.
Grammatika
So'zlarni lug'aviy ma'nosini bilish ularni to'g'ri ishlatish uchun yetarli emas. Muayyan bir so'zlarning o'ziga xos grammatik xususiyatlari, ishlatilish qonun qoidalarini mavjud va albatta Wisdom lug'ati bularni ham hisobga olgan holda so'zlarda Grammar bo'limini joriy etgan va bu bo'limda mazkur so'zga oid grammatik qonun qoidalar oddiy tushuntirishlar va o'rinli misolllar bilan batafsil tushintirilb o'tilgan.
So'z ketma-ketliklari (Collocations)
Hozirgi paytda o'quvchilarning eng katta muammolaridan biri bu Ingliz tilidagi to'g'ri so'z ketma-ketliklarini bilmasligidadir va oqibatda ular tuzmoqchi bo'lgan birikmalarini sun'iy ravishda tuzib noto'g'ri talqin qilishadi. Misol uchun o't qo'ymoq - put fire emas, o't o'chirmoq ham switch off fire bo'la olmaydi. Wisdom lug'atida albatta bu ham e'tiborga olingan va o'rganuvchilarni bunday xatolarga yo'l qo'ymasliklari uchun so'zlarda Collocations bo'limi tuzib chiqilgan. Bu bo'limda o'sha so'z atrofidagi jumlalarning to'g'ri ketma-ketligi misollar bilan guruhlarga ajratilgan holda berib o'tilgan.
So'zlarning lug'aviy farqlari
Boshqa tillar kabi Ingliz tilida ham ma'no jihatdan bir-biriga yaqin lekin biri boshqasining o'rnida ishlatila olmaydigan so'zlar talaygina. Misol uchun listen va hear; house yoki home; make yoki do; work yoki job kabi so'zlarni ko'pchilik farqlay olmasliklari mumkin. Wisdom lug'ati bunday so'zlar orasidagi farqlarni sodda misollar bilan Thesaurus va Difference bo'limlarida tushuntirib beradi.
Qo'shimcha ma'lumotlar.
Wisdom lu'gati quyidagi har biri muhim va e'tiborga loyiq jihatlarni ham o'z ichiga oladi:
• Misollar
• Rasmlar
• Mashqlar
• Faol va nofaol so'zlar
• Sinonim va Antonimlar
• So'zlarning qaysi shevada ishlatilishi [BrE, AmE, CanE...]
• Qaysi predlog va so'z turkumlari bilan kelishi [~ in/with sth] [~ adv/adj]
• Qaysi sohaga oidligi [biology, math...]
• Sanaladigan yoki sanalmasligi [C, U]
• Rasmiy yoki norasmiyligi [formal] [informal]
• Akademik yoki noakademik so'z ekanligi [AW]
• So'zlarning qanday talaffuz qilinishi
Obuna shartlari
Premium obuna oylik, 6 oylik va yillik rejalarda mavjud; narxi ilovadagi Premium sahifasida ko'rsatiladi. Obuna avtomatik yangilanadi: joriy davr tugashiga 24 soat qolganda bekor qilinmasa, to'lov Apple ID hisobidan olinadi. Obunani App Store sozlamalarida boshqarishingiz yoki bekor qilishingiz mumkin.
Foydalanish shartlari (EULA): https://www.apple.com/legal/internet-services/itunes/dev/stdeula/
Maxfiylik siyosati: https://telegra.ph/Wisdom-Dictionary-Privacy-Policy-04-14
• My Words: give a group its own look — pick a photo from your library or one of the built-in icons
• AI translator: speak your sentence instead of typing it, and every style — Natural, Formal, Informal and both IELTS registers — is now shown by default
• Offline dictionary: the download tells you what it is doing, fetching and then saving
• Search: a cleaner top-result card
• Stability fixes
The developer, Husanboy Abdullayev, indicated that the app’s privacy practices may include handling of data as described below. For more information, see the developer’s privacy policy .
Data Used to Track You
The following data may be used to track you across apps and websites owned by other companies:
- Identifiers
Data Not Linked to You
The following data may be collected but it is not linked to your identity:
- Identifiers
Accessibility
The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More
Information
- Provider
- Husanboy Abdullayev
- Size
- 194.9 MB
- Category
- Education
- Compatibility
Requires iOS 15.0 or later.
- iPhone
Requires iOS 15.0 or later. - iPad
Requires iPadOS 15.0 or later. - iPod touch
Requires iOS 15.0 or later. - Mac
Requires macOS 12.0 or later. - Apple Vision
Requires visionOS 1.0 or later.
- iPhone
- Languages
- English
- Age Rating
4+
- 4+
- Contains
Advertising
- Copyright
- © 2020 Wisdom Ltd
